Get Mystery Box with random crypto!

KORXONA TURLARI VA BOSHQARISH USULLARI Kulba – korxonad | Ақл Витаминлари

KORXONA TURLARI VA BOSHQARISH USULLARI

Kulbakorxonada hammaning o’ziga tegishli «qo’shimcha» biznesi bor. Director nimadir, director muovini yana nimadir, ombor mudiri esa kanselyariya tovarlarini sotib tirikchilik qilishadi. Manfaatlar qarama-qarshiligi mavjud.

Ari uyasihamma o’z ishini biladi, vazifalaridan mamnun, qiziq muammolar o’z yechimini kutayapti, mutaxassis qadrlanadi, xullas, havas qilgudek sharoit yuzaga kelgan.

Direktor va vaxtyorlarhamma narsani faqat director hal qiladi. Qolganlar vaxtyor darajasiga tushirilgan. Korxona unumdorligi director unumdorligi bilan belgilanadi.

Kaptarxona (devlar makoni)it egasini tanimaydigan, kim nima qilishi belgilanmagan, tartibsiz korxona. Kulbaning «rivojlangan» ko’rinishlaridan. Aksariyat payt hamma o’z ishi bilan band, muammo tug’ilganda yugurib qolishadi.

Mikromenejmentboshqaruv burnini hamma burchakka suqishga harakat qiladi. Xodimlarning shaxsiy jonbozliklari so’ndiriladi.
Aslida barcha ichki nizolar, tanish-bilishlarga qilinadigan va’dalar va biznesga qarshi bo’lgan ishlarni qo’q qilishga erishilsa, bunday korxonaning tengi yo’q.

Bobir Ismoilov «Korxona quramiz» kitobidan olindi.

====================================
Kanalga ulaning:
https://t.me/joinchat/AAAAAFdhwvK39Vn_nU45Cw