2023-01-06 19:02:01
Itoat! (Judayam taʼsirli, albatta o'qing)
Men safarga ketyapman xotin,
Ruxsatimsiz chiqma koʻchaga.
Xoʻp boʻladi - dedi ayol jim,
Xotirjamlik choʻkdi oʻrtaga.
Ikki kuncha oʻtib oradan,
Taqilladi darvoza sekin.
Kim u - ayol soʻradi undan
Men otangning doʻstiman qizim
Otang betob yotibdi uyda,
Shuni senga aytgani keldim.
Ayol dedi, titroq, kuyda:
Shifo bersin yaxshiyam bildim
Borolmayman lekin ming afsus,
Erim ketgan olis safarga.
Chiqma degan koʻchaga essiz,
Kelsa borib kelamiz birga.
Ikki soat oʻtmasdan yana
Taqilladi darvoza qattiq
Kim u – ayol dedi baralla
Ukangizman – gapirdi achchiq
Otam biroz ogʻir ahvolda,
Sizni soʻrab kutyapti halak.
Padaringiz axir har xolda,
Tosh emasdur sizdagi yurak!
Ukajonim, xato oʻylama,
Pochchang kelsin safardan qaytib.
Hech qayerga chiqma deganda,
Shifo bersin, borib qoʻy aytib.
Uka ketdi, qaytib ortiga,
Opa biroz siqildi, yondi.
Alam qildi ketolmay birga,
Sadoqati tufayli qoldi.
Ikki kundan keyin darvoza
Taqillardi, yaqinroq tushga
Ayol koʻngli oʻrtanib rosa
Ulgurmadi kim u deyishga
Opa, otam qildilar qazo
Bosmadingiz bir bora qadam
Ayol yigʻlab derdi: Ey, Xudo
Jannatlarga kirsinlar dadam.
Hech narsani oʻylamay ayol,
Darvozadan chiqmoqchi boʻldi.
Shu payt ketdi eriga hayol,
Choram yoʻq deb, yerga yiqildi.
Uka jaxl qildi-yu, qaytdi,
Tushunmasdan opani bir zum
Shunday boʻlgan zamon u payti
Telefonlar boʻlmagan udum.
Uch kun oʻtib, safardagi er,
Qaytib keldi sogʻu-salomat.
Voqeani tinglab eri der:
Bormabsan-da, attang oʻsha payt
Gapingizni yerda qoldirsam,
Gunoxidan qoʻrqaman buni.
Indamasdan bilganim qilsam,
Qiynalaman oxirat kuni.
Yigʻlagancha uxladi ayol,
Tushga kirdi oʻlgan otasi.
Unga kulib qoʻydida xiyol:
Qizim, yaxshi dedi hammasi.
Bir amaling yoqib Xudoga,
Alloh menga mukofot berdi.
Itoatgoʻy boʻlganding erga,
Jannatiymiz xammamiz endi.
Qara, jannat roʻyxatlarida:
Onang, ukang, ering va oʻzing.
Qarindoshlar jamdur barida,
Oldimda ham yorugʻdir yuzing.
Qay holatda oʻlsa xam bari,
Jannatlarga boʻlar musharraf.
Sevintirdi jon qizim mani,
Sening otang ekanim sharaf.
Seskandi-da uygʻonib birdan,
Soʻzlab berdi onaga tushin.
Ona dedi: Bu ishin chindan,
Taxsinlarga arzirkan qizim.
Internetdan olindi
174 views16:02