Get Mystery Box with random crypto!

#qahramon #migrant #Rossiya Moskvada migrant veteran qariya | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#qahramon #migrant #Rossiya
Moskvada migrant veteran qariyani firibgarlardan qutqarib qoldi

Moskva shahrida 98 yoshli Ikkinchi jahor urushi veterani, Berlin va Varshavani ozod etish janglari ishtirokchisi Viktor Berdyuginni firibgarlar aldamoqchi bo‘ldi.

Baza telegram kanalining xabar berishicha, otaxonga firibgarlar telefonda o‘zlarini qo‘shni deb tanishtirishgan va pul bilan yordam berishni so‘rashgan. Urush veterani o‘zida bor 100 ming rublni qo‘shnisiga yordam uchun yuborishga rozi bo‘ladi. Pulni olish uchun firibgarlar kuryer yollashladi.

Buyurtmani olish uchun kelgan migrant-kuryer voqeadan shubhalanadi. Shuning uchun Viktor Berdyugindan buyurtmachini taniysizmi, deb so‘raydi. 98 yoshli urush qahramoni buyurtmachini tanimasligini aytgach, migrant pulni qariyaga qaytarib, firibgarlar uni aldayotgan bo‘lishi mumkinligini tushuntiradi.

Viktor Berdyugin hammasini tushungach, politsiyaga firibgarlar ustidan ariza yozadi. Agar kuryer hushyorlik qilmaganida u ham firibgarlarning sherigi sifatida javobgarlikka tortilgan bo‘lar edi. Kuryer sifatida ishlayotgan muhojirlarga ogoh bo’lishni va shubhali buyurtmalarni olmaslikni tavsiya qilamiz.

Obuna bo‘ling
@migrantuz