Get Mystery Box with random crypto!

Endi oʻqituvchilarga haftaning istalgan kuniga dars qoʻyish mu | METODIK YORDAM

Endi oʻqituvchilarga haftaning istalgan kuniga dars qoʻyish mumkin

Ma’lumki, umumta’lim maktabining metodbirlashmalari toʻgʻrisidagi eski tahrirdagi nizomga koʻra, oʻqituvchining metodik kunida dars jadvaliga deyarli dars qoʻyilmasdi.

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrugʻi bilan umumta’lim maktabining metodbirlashmalari toʻgʻrisidagi eski tahrirdagi nizom oʻz kuchini yoʻqotib, metodik kunlar ham fan oyliklarini oʻtkazish tartibi ham bekor qilindi.

Endi oʻqituvchilarda "metodik kun" degan tushuncha boʻlmaydi. Shu sababli maktab ma’muriyati belgilab berilgan me’yorlar asosida dars jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin. Ya’ni, oʻqituvchilarga haftaning istalgan kuniga dars qoʻyish mumkin. Bu albatta oʻzaro keliushga asoslanib amalga oshirlgani maqsadga muvofiq albatta.

Muhim eslatma: Boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga haftaning shanba kuniga dars qoʻyilmaydi.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q