Get Mystery Box with random crypto!

Chet tili oʻqituvchilarining sertifikatlari attestatsiyada imt | METODIK YORDAM

Chet tili oʻqituvchilarining sertifikatlari attestatsiyada imtiyoz sifatida qabul qilinmoqda

Telegram tarmogʻidagi «Kusherbayevga murojaat» kanalida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga “C1 sertifikatdan bir marta foydalana olaman xolosmi?" sarlavhali inglizi tili oʻqituvchisi murojaati e’lon qilingan.

Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom"ning 36-bandida Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga yoxud tegishli darajadagi tilni oʻqitishning kasbiy mahoratlarini aniqlovchi sertifikatga ega chet tili fani oʻqituvchilariga oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball berilishi belgilangan.

Shunga muvofiq, C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy til oʻqituvchilari sertifikatlarning amal qilish muddati tugagunga qadar imtiyozdan foydalangan xolda attestatsiyaning oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan ozod etilishni bildiramiz.

Shuningdek, ushbu murojaat kanalda e’lon qilinishidan avval Fargʻona viloyati, Bogʻdod tumani 13-umumta’lim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi Hamidova Kumushxon Anvarjon qizining 2022-yil 8-sentabrdagi yuborgan I-0379153-sonli murojaatida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikati imtiyoz sifatidan qabul qilinganligi ma’lum qilamiz.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga (27.09.2022) qadar 2022-yilning ikkinchi yarmida oʻtkazilayotgan attestatsiya jarayonlari uchun 2356 nafar oʻqituvchilarining C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy til sertifikatlari imtiyoz sifatidan qabul qilingan.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q