Get Mystery Box with random crypto!

Farzandingizga quyidagi so’zlarni qulogʻiga quying. Onasini ma | ️ Mental Arifmetika - IQROMAX ️

Farzandingizga quyidagi sozlarni qulogʻiga quying. Onasini maqtang va unga qilinishi kerak boʻlgan amallarni oʻrgating!

Hadyani avval onaga soʻng otaga berilishi mahbubdir.

Hayot boʻlsalar ham, vafot topib ketgan boʻlsalar ham ularning haqlariga doimo duoda boʻlmoq zarur.

Onalarning yuzlariga tushgan ajinlar, qoʻllarining qadoqlari – sen  va aka-ukalaring, opa-singillaring sababli ekanligini bilgin!

Senga bergan oq suti lutfu – xursandlik  bilandir, ammo sening unga bergan taoming baʼzida minnatli va ozorlidir. Shuning uchun bergan har-bir luqmang lutfli boʻlishi uchun kamtarin boʻl!

Unga sen har kuni koʻrinish ber, chunki uning seni koʻrishi sening unga minglagan xum tillolar tuhfa qilganingdan ortiqroqdir.

Tirikligida bor imkoniyating ila unga tavozeʼli va shirin soʻzli boʻl, qachonki agar uni yoʻqotsang armondan xoli boʻlasan.

  Uni faqat hayit kunlari emas, doim bagʻringa bosib, uni quchgin! U seni har kuni quchib, hidlaringdan toʻyib-toʻyib zavq olganini esingdan chiqarmagin!


Telegram | Youtube