Get Mystery Box with random crypto!

​​#Qalb_manzilalari Qalb (1): ta’rif va taqsim «Qalb»ning a | .

​​#Qalb_manzilalari

Qalb (1): ta’rif va taqsim

«Qalb»ning asli «taqallub»dir. Taqallub - «aylanish», «ag‘darilish», «tebranish» va «o‘zgarish» degani. Qalb bir holatdan boshqa holatga ko‘p o‘zgargani uchun shunday atalgan.

Qalb so‘zi Qur’onda 3 xil ma’nodan birida keladi:
1. Aql. «Albatta, bunda qalbi (ya’ni aqli) borlar uchun eslatma bordir». (Qof:37)
2. Fikr. «Ularning qalblari (ya’ni fikrlari) tarqoqdir». (Hashr:14)
3. Ko‘ksidagi haqiqiy-ruhoniy qalb. «Lekin ko‘ksilardagi qalblar ko‘r bo‘ladi». (Haj:46)

Mana shu uchinchi ma’nodagi qalbni ayrim mufassirlar 7 ta qismga bo‘lganlar:
1. Kofirning qalbi: «Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari inkor qiluvchidir». (Nahl:22)
2. Munofiqning qalbi: «Ularning qalblarida maraz bor». (Baqara:10)
3. Osiyning qalbi. «Qalblari Allohning zikridan qotgan kimsalarga vayl bo‘lsin». (Zumar:22)
4. Xos bandalarning qalblari. «Qaytuvchi (tavba qiluvchi) qalb bilan kelgan (kimsaga jannat va’da qilingandir)». (Qof:33)
5. Muhib - Allohni yaxshi ko‘ruvchi bandaning qalbi. «Shubhasiz, bunda qalbi borlar va zehn bilan quloq osganlarga eslatma bordir». (Qof:37)
6. Allohdan qo‘rquvchi bandaning qalbi. «Albatta, Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydiganlar... mo‘minlardir». (Anfol:2)
7. Abadiylik diyorida Alloh bilan uchrashuvni intiqib kutgan orifning qalbi. «Allohga salomat qalb bilan kelgan kimsagina (qiyomat kuni manfaat topadi)». (Shuro:89)

Shamsuddin Sadruddin

@mutahhar_uz