Get Mystery Box with random crypto!

Koshki haqiqiy sevgi, haqiqiy panoh, meni baxtli qila oladigan | .

Koshki haqiqiy sevgi, haqiqiy panoh, meni baxtli qila oladigan hamma narsa yolgʻiz Allohda ekanini doim aqlimda ushlab qololsaydim..shu aqiydada turolsaydim..bir on boʻlsa ham unutmasaydim..
Ammo insonmiz, unutamiz..koʻp unutib qoʻyamiz.
Nimani unutmasak ham, shu haqiqatni unutamiz.
Dunyoga choʻkib ketamiz, goʻyo Alloh yoʻqdek, oxirat hayoti ertakdek, goʻyo bu dunyoda abadiy qoladigandek umrimizni behudaga sarflaymiz.
Qayerga? Bu ketishimiz qayerga?
Oʻlganimizdan keyin aqlimiz kiradimi?
Hisob kuni qoʻlimizga amal daftarimiz berilganda holatimizni oʻzgartiramizmi?
Oʻlgandan keyin nima foydasi bor?
Qaytarishning imkoni boʻlmagandan keyin, oʻlim talvasasi yoqamizdan olganda nima foydasi bor?
Biz bu dunyoda Uning chegarasini buzib yashaganimizdan keyin bizni nima baxtli qila oladi? Baxtli boʻlsak ham, qancha muddat baxtli boʻlamiz?

Boʻsh..boʻm boʻsh..

Boʻshliq..
Allohni unutgach, unutilishdek bir qoʻrquv boʻgʻzimizga pichoq kabi taqalib qolishini istardim..u pichoq jon tomirimizga shunday taqalsinki, bizga Allohni doim xotirlatsin.
Kerak boʻlsa, oʻzimizni, har kimni va hamma narsani unuttirsin, ammo Allohni aslo..aslo unuttirmasin.

Farohun