Get Mystery Box with random crypto!

Biror kimsa kimningdir ilm olishi uchun harakat qilayotgani, m | .

Biror kimsa kimningdir ilm olishi uchun harakat qilayotgani, moddiy jihatdan imkoniyat yaratib berayotgani muhabbatning eng oliy darajasi men uchun. Xoh er ayoliga bo'lsin, xoh aka singlisiga, xoh ota farzandiga... bir dunyo mehr... Kitob do'kondan ayoliga telefon qilib, senga nima kitob olay deb so'raydigan er eng yaxshi er bo'lsa kerak. (manimcha )

Bugun kitob do'konga nabirasi bilan kirgan buvijon yuzlab kitoblani orasidan "birortayam yangi kitob yuq, hammasi o'sha eski biz o'qigan kitoblar..." deb o'zlariga kitob topolmay ketdila, man olgan ikkita kitobniyam ko'rib "bulaniyam o'qiganman" deganlarida mani ahvolim

Ilm olishingizni qo'llab quvvatlaydigan, sizni yoshlikdan bunga ruhlantirib kelayotgan insonlaringiz atrofizda bo'lishi bu baxt. Universitetga kirish uchun harakat qilib tayyorlanib yurganim paytlarimda ustimdan kulishganlarini hozir eslasam yuragim orimidi ishoning, manam mazza qib kulaman

Hech kim menga " o'qi, ma pul, qo'shimchaga bor, o'qisen odam bulasan" demagan))) Hamma repititorlani o'zim borib gaplashib, yoqmasa o'zim hech kimga aytmasdan almashtirib kelardim. Viloyatdagi deyarli hamma ingliz tili o'qtuvchilariga borib ko'rganman. Va bu gapla 12-13 yoshli buvisi bilan turadigan qizaloq haqida...(ha juda erta boshlaganman*_*) o'sha payti akam ham uzoqda bo'lgan va bir yilda 2 yo 3marta telefonda gaplashardik...

"Kallenda A bilan B yug'uuu yana toshkenga borib o'qimoqchimisan" degan motivatsiyalani tog'amdan deyarli har kuni eshitardim.))) Hozir buni o'zlari tan omasalada manga katta kuch bergan bu so'zla...

Xullas, o'sha muhim kun amallab yetib keldi. Imtihon kuni. Imtihon bo'ladigan joyda 1ta abiturentga 4tadan odam qo'llab quvvatlashga borgan , man bitta o'zim edim. Oftobda boshim aylanib 1yarim soatda tez ishlab chiqib ketganman. Chunki ertalab yig'lab choy ichmasdan chiqib ketganman. Lekin uyga xursaaand qaytib keganimda, "jaaaa xursandsiz, hali xursand bo'lishizga erta" deb kutvolishgan. O'sha kechayam yig'lab chiqqanman. Hozi bu gaplani etgan odam o'qib, mani otib tashashga tayyor bub turgan busa kk

Keyin men uchun hayot-mamot masalasi hal bo'ladigan kun keldi. Tug'ilgan kunim kuni javob chiqadigan bo'ldi. Uyda na mani tug'ilgan kunimni na javob chiqishini kutishayotgan edi. Hamma beparvo... 100% yiqilishimga ishonishgan shekil . Hamma kantrakt yo yiqildim degan javobni kutayotganda GRAAAAND deb baqirganman .

Xullasi kalom) undan keyingi qo'shimcha darslarimga ham uydagilardan pul omaganman hali biror marta. Alhamdulillah yoshligimdan o'zimni shaxsiy pulim bo'lardi( umrimda biror joyda ishlamagan bo'lsam ham))))

Hozircha shu... bu postni yozishimga ustozimni o'quvchilariga "oyizga aytaman, Tafsiri Hilol olib beradila" degan so'zlari sabab bo'ldi... bir olam mehr