Get Mystery Box with random crypto!

Butkul siniq paytingizda, umidsizlikka cho'kkan daqiqalaringiz | .

Butkul siniq paytingizda, umidsizlikka cho'kkan daqiqalaringizda, butun dunyo dushman itdek, yomonlik bilan sizga tashlanayotganida, sizni qo'llab quvvatlash uchun vaqt topadigan, jasorat ko'rsatib, qo'lini uzatadigan insonni qadrlang.

Band ekaniga, charchaganiga qaramay, siz uchun yordamga shoshadigan va keyinchalik hech qachon buni minnat qilmaydigan insonni qadrlang.

Siz buni soʻramasangizda, sizning yoningizda boʻladigan, eng qora kuningizni ham yorugʻ qilishga qodir soʻzlarni eng kerakli paytda, siz uchun topa oladigan, doim siz uchun havotir oladigan, duo qiladigan, sizni qalbida asraydigan insonni qadrlang.
Oʻrtangizda qanday koʻngilsizlik boʻlishiga qaramay, bunday insonlarni qadrlang va hech qachon ularga hiyonat qilmang.


Farohun

M