Get Mystery Box with random crypto!

MUSLIMANING FOYDALI ODATLARI. 1) Bomdod namoziga azondan avva | .

MUSLIMANING FOYDALI ODATLARI.

1) Bomdod namoziga azondan avval uyg'onish.

2) Har bir namozdan keyin zikr qilish.
SubhanAlloh
Alhamdulillah
Allohu Akbar

33 martadan, minimun 5 mahal.

3) Har kuni Qur'on o'qish.

4) Imkoniyatiga qarab, har kuni sadaqa qilish.

5) Manfaatli ilm olish, ulashish.

6) To'g'ri ovqatlanish.
Mahsulotning pokiza (halol) ekaniga e'tibor berish, to'yib ketguncha yemaslik.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishlik
Oshqozonning 1/3 qismi ovqat uchun, 1/3 qismi suv uchun va 1/3 qismi havo uchun.

7) Nafl ro'zalarni tutish (dushanba va payshanba kuni yoki kun ora tutsa ham bo'ladi)

8) Doim tahoratli bo'lib yurishga harakat qilish.
Poklik–iymonning yarimi ekanini unutmaymiz.

9)Hayollarni tartiblash.
Insonlar haqida yaxshi gumon qilishga, insonlarga yaxshilikni tilashga harakat qilish.
Yaxshi va pozitiv hayollar–yaxshi amal va niyatning boshi.

10) Har kunlik duolarni aytib yurish.