Get Mystery Box with random crypto!

#konspekt #biz_gunohdan_qanday_saqlanamiz Gunoh bir shunday m | .

#konspekt
#biz_gunohdan_qanday_saqlanamiz

Gunoh bir shunday ma'naviy dardni paydo qiladiki, odam din ilmidan mahrum bo'lib qoladi. Chunki din ilmi bir nurdir. U Alloh tarafidan qalbga solib qo'yiladi. Gunoh esa zulmat va qorong'ulik bo'lib, u ilm nurini o'chirib qo'yadi.

Imom Molik rahmatullohu alayh huzurlariga ilm olish uchun kelgan Imom Shofe'iy rahmatullohu alayhning fahmu farosati va ziyrakligini ko'rib shunday deganlar :

" Men ko'ryapmanki, Alloh taolo sening qalbingga bir nur solib qo'ygandir. Bas, sen gunoh zulmati ila uni o'chirib qo'yma. "