Get Mystery Box with random crypto!

Davronbek Askarov: Menga eng ko'p beriladigan savollar: Mem | Membersgram tanga sotamiz

Davronbek Askarov:

Menga eng ko'p beriladigan savollar:
Membersgram dasturidagi tangalarni ko'p va tez to'plashni sir-sinoati bormi?
Membersgram dasturida tangalar to'plashni pulga o'rgatasizmi?

Men yuqoridagi ikkita savolga tekinga javob bermoqchiman. Demak boshladik!
Membersgram dasturi Telegramning norasmiy varianti hisoblanadi. Huddi Bestgram, BGram, Plus Messenger, Telegraph va h.k. shunga o'xshagan.
Membersgram dasturida har bir akkaunt tangalar to'plashining maksimal miqdori Telegram imkoniyatlari bilan bog'liq. Ya'ni foydalanuvchi Membersgram dasturida tangalar to'plashi uchun Membersgram dasturi ko'rsatgan Telegramdagi kanallarga va super guruhlarga azo bo'lish kerak. Telegramda har bir akkaunt maksimal hisobda jami 500 ta kanalga va super guruhga azo bo'la oladi. Masalan foydalanuvchi Telegramdagi akkauntidan 250 ta kanalga va 250 ta super guruhga azo bo'lgan deylik. Keyin u foydalanuvchi Telegramdagi o'sha akkauntidan hech qanday kanalga yoki hech qanday super guruhga azo bo'lolmaydi.
Membersgram dasturida tangalar to'plash jarayonida, Membersgram dasturi o'zi ko'rsatgan Telegramdagi har bir kanalga yoki har bir super guruhga azo bo'lgani uchun foydalanuvchiga 2 tanga beradi. Demak o'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, Membersgram dasturida har bir akkaunt maksimal 1,000 tanga to'plashi mumkin bo'ladi. Biroq hozirda meni shaxsiy kuzatishim bo'yicha Membersgram dasturida har bir akkaunt o'rtacha hisobda 920-950 tanga, maksimal hisobda 980 tanga to'play olyapti.


Kamina har haftada kamida 20,000 tanga to'plash imkoniyatiga ega. Buning uchun quyidagilar kerak:
1) 25-30 ta mobil telefon raqam. Ya'ni men 25-30 ta SIM karta kerak bo'ladi demoqchiman. SIM kartasi mavjud bo'lmagan vertual mobil telefon raqamlar ham tanga to'plashga yaraydi. Faqat ularni asosan bir marta ishlatsa bo'ladi. Shaxsan o'zim SIM kartasi mavjud bo'lgan O'zbekiston mobil telefon raqamlaridan foydalanaman. Shaxsan menga SIM kartasi mavjud bo'lmagan vertual mobil telefon raqamlar yoqmaydi va noqulaylik tug'diradi.
2) SIM kartalarni solib Telegramda akkaunt ochish uchun asosiy ishlatiladigan smartfon yoniga qo'shimcha oddiy telefon qurilmasi ham kerak. Sababi smartfonga har haftada 25-30 ta SIM karta kirib-chiqib tursa, smartfon ishdan chiqishi (buzilib qolishi) mumkin. Shu sababli narxi arzon, iloji bo'lsa 2 ta SIM karta uchun SLOT (joy) mavjud bo'lgan asosiy ishlatiladigan smartfon yoniga oddiy telefon qurilmasi kerak.
3) Kuniga maksimal 1,000 MB internet trafik.
4) "Telegraph" dasturi yoki foydalanuvchini o'ziga qulay bo'lgan Telegramning boshqa norasmiy varianti ("Telegraph" dasturi "Play Market"da bor).
5) "Super Clone" dasturi yoki Membersgram dasturining nusxalarini yaratadigan boshqa shunga o'xshagan dastur ("Super Clone" dasturi "Play Market"da bor).
6) Membersgam dasturida tangalar to'plamoqchi bo'lgan odam kun bo'yi bekorchi bo'lishi kerak. Sababi Membersgram dasturida maksimal hisobda tangalar to'plash jarayoniga ancha vaqt kerak bo'ladi.
7) Qolgani mehnat va sabr talab qiladi.