Get Mystery Box with random crypto!

Ziyodov_Mehroj_comments😊🤔😎🤫🇺🇿❤

Telegram kanalining logotibi mehrojbek_murodillo_blogi — Ziyodov_Mehroj_comments😊🤔😎🤫🇺🇿❤ Z
Telegram kanalining logotibi mehrojbek_murodillo_blogi — Ziyodov_Mehroj_comments😊🤔😎🤫🇺🇿❤
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 688
Kanalning ta’rifi

Ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, va siyosiy holatlarda shaxsiy pozitsiya va shaxsiy fikrlar.

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-03-11 20:41:17
Laa havla vala quvvata illa billah


O'zbekiston yarim finalda va JCh da qatnashadi

Irodali o'yin, chiroyli "come back"  va kuchli emotsiya uchun rahmat yigitlar.

O'z uyingda, vatandoshlaring oldida yutishing shart. Va bizning yigitlar buni eplashdi. Alhamdulilloh.

Rahmonaliyevning golni nishonlashi va butun Jamoa bo'lib g'alabani bizga nasib qilgan yaratganimiz Allohga shukronalik sajdasini qilishgani odamga boshqacha his tuyg'ularni taqdim etdi.
Oxirigacha omad yigitlar
248 views17:41
Ochish/sharhlash
2023-03-08 03:01:46
Avval videoni ko'rib, keyin pastdagi fikrlarni o'qishni tavsiya qilaman. Shunda nima demoqchi bo'lganimni tushunasiz.

Biz juda g'alati xalqmizda!
Bugun ayollarni bayram bilan tabriklaymiz. Sahnalarga chiqib olib "Ayol muqaddas" deb baralla qo'shiq kuylaymiz. Lekin bu holat faqatgina bugun shunday bo'ladi va yilning qolgan kunlari ayollarni hammamiz ham hozirgiday qadrlamaymiz.
Ayolni qadrlash ma'lum bir kunni belgilab olib, tabriklash bilan bitmaydi. Qadimdan ota bobolarimiz nazdida, ayollarni qadrlash ularning qo'lini sovuq suvga ham urdirishga qo'ymaslik bilan o'lchangan. Ular 8-mart bilan ayol-qizlarini tabriklamagan bo'lishi mumkin, lekin bu videodagidek ayollarni ko‘chaga pul topish uchun chiqartirib, xo'rlashmagani aniq. Bu bor yo'g'i bir hududdagi ''ayollar mardikor bozori". Bunaqa mardikor bozorlar yuzlab topiladi.
Men ayollarning ishlashiga qarshi emasman, men faqatgina ayol rostanam, doim izzat-ikromda yashashi tarafdoriman.
Ayol muqaddas.
Faqat bugun emas, har doim muqaddas.
Shuni unutmaylik.
278 views00:01
Ochish/sharhlash
2023-03-06 21:25:08
Rosti bu yigitni uncha yaxshi tanimas ekanman. Kechadan boshlab videolarini ko'rishni boshladim hamda xalqimizning bu birodarimizga bildirgan fikridan keyin bu inson haqda manga ijobiy tushuncha paydo bo'ldi.
Haqiqatdan onasini xizmatini qilib duosini olgan inson ekan. Bu dunyodagi eng asosiy xizmatlaridan birini oz bo'lsada qilishga ulguribdi. Alloh shunga o'xshash ezgu amallarini qiyomatda o'ziga soyabon qilsin.
Bu bizlarga ham anchagina ibrat bo'ldi. O'lim yosh tanlamasligini Alloh Farhod aka misolida  yana bir bor eslatib qo'ydi. Buning haqqiga hozi butun xalq duo qilyapti.
Biz ham o'zimizni isloh qilishni boshlaylik. Atrofimizdagi yaqin insonlarimizni qadriga hozir yetib olaylik. Haq yo'lda og'ishmasdan, amal qilishni kanda qilmaylik. Bu yigitning oilasiga hozir juda qiyin.  Ularga sal bo'lsa ham taskin beradigan narsa, bu bola haqidagi odamlarning yaxshi guvohlik berishidir. Biz ketsak ham yaqinlarimizni yupatadigan yagona narsa, xalqning biz haqimizdagi ijobiy fikri va haqqimizga duo qilishlaridir.
282 viewsedited  18:25
Ochish/sharhlash
2023-03-02 19:02:38 #Adolat

Taqiqlangan Diniy nasheda tarqatgani uchun birinchi instansiya sudida 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Sardor Rahmonqulov bugun Toshkent shahar sudlov hay'atining apellatsiya instansiya sudida shartli ravishda ozod qilinibdi. Bu haqiqatda Sudlarimizda adolat ta'minlanayotganiga dalolat.
Mana shu xabar chiqqan paytda sudlar va davlat organlari haqida hamma har xil gaplar gapirdi. "Sudlarimiz chiqargan hukmlar adolatsiz, davlat organlari faqat xalqqa zulm qiladi, ularning manfaatlariga teskari ish yuritadi", degan gaplar media olamida rosa aylandi.
O'zimni soham shunga bog'liq bo'lganligi uchun, yanvar-fevral oylarida Jinoyat ishlari bo'yicha Buxoro shahar sudida amaliyot o'tadim. Bir nech bor sud-protseslarida qatnashdim. Shaxsiy fikrim: man yordamchisi bo'lib ishlagan sudya Akbar aka Jabborov haqiqatda vijdonli va adolatli sudya edi. Alloh rozi bo'lsin shu sudyadan. Man deyarli 2 oy yonida yurdim, u bilan birga turli sayyor sudlarda ham qatnashdim va u sudyaning adolatsiz hukm chiqarganini ko'rmadim. Ma'muriy ishlar bo'yicha iloji boricha tomonlarni yarashtirishga harakat qilib, ba'zi payt ayblanuvchilar nomidan jabrlanuvchilardan kechirib so'rashdan ham erinmasdi. Maqsadi odamlarni huda behudaga javobgarlikka tortmaslik edi.

Shunday holatlarni tirik guhovi bo'lib turib, o'sha paytda sudlar haqida keskin fikr bildirishga hayo qilgandim. Chunki sud tizimi oxirgi paytda nihoyatda o'zgargan. Bitta savodsiz sudya yoki boshqa organ xodimining chiqargan qarorlarini deb butun sud tizimini va davlat organlarini qoralash bu adashishdan boshqa narsa emas.
281 views16:02
Ochish/sharhlash
2023-03-01 18:54:01 Vazirlar mahkamasini 172-sonli qarori (YO‘L HARAKATI QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA) ga ko'ra endilikda yengi avtomoshinalarda (Nexia, Cobalt, Gentra, Spark va boshqalar) odam tashish tartibi o'zgardi. Shu paytgacha bu avtomobillarning oldi o'rindig'iga 1 nafar va orqa o'rindig'ida 3 nafar voyaga yetgan va yana qo'shimcha 12 yoshgacha bolalarni yo'lovchilar tizzasiga yoki chaqaloqlarni qo'liga ushlab ketish mumkin edi.
Lekin endilikda yangi qaror bo'yicha moshina orqa o'rindig'iga faqatgina 3 nafar fuqarolar minishi mumkin. Boshqa yo'lovchilar chiqishi taqiqlanadi. Hatto chaqaloqlarga ham mumkin emas. Agar shunday holat kuzatilsa Mamuriy Javobgarlik To'g'risidagi Kodeksning 128-moddasiga binoan haydovchilarning odam tashish meyorini buzish deb hisoblanishi mumkin va tabiiyki haydovcchiga ma'muriy jazo tayinlanadi.

Heee o'ynab qo'yay chiqargan qarorlaringga!!!

Bitta narsaga tushunmadimda kelajakda Inshaalloh man, ota-onam, ayolim xullas oilam bilan birga moshinam bilan to'yga yoki dam olishga yoxud boshqa joyga bormoqchi bo'lsam mani faqatgina 1 ta bolam bo'lishi kerakmi?

Ikkinchi farzand tug'ilsa endi oiladagi moshinaga kimdir ortiqchalik qiladida, shundaymi?

Agar o'sha birinchi farzand ham taqdir taqozosi bilan egizak bo'lsa, egizlarning bittasini uyga qoldirib ketishim kerakmi?

Yoki ota-onamning bittalariga sizlar uyga qolinglar, biz o'zimiz moshinaga minaylik deymanmi?

Yoki avtomobildan ayolimni tushiramanmi?

G'alati, aa?


Bitta mantiqsiz qaror maniyam shunaqa mantiqsiz fikrlashga majbur qilyaptida, nima qilay?

Mana bu karikarturaga esa gap yo'q. #Respect
306 views15:54
Ochish/sharhlash
2023-02-28 14:53:03 Кибр - дунёдаги энг катта ҳақиқатни қабул қилишдан тўсади. Шайтон айтганку: "Мен ундан (Одамдан) яхшиман", деб. У кибри туфайли энг катта ҳақиқат - Аллоҳнинг амридан бош тортди.

Тўғри, иймонсиз одам ҳам йиғлайди. Аламдан. У ҳам бўлса эришолмаган ёки қўлдан чиққан насалар учун алам. Чунки кибри туфайли у ҳамма нарсага ҳақлиман ва улар меники бўлиши керак, деб ўйлайди.

Бу йиғи билан иймон сабабли йиғлаш ўртасида ер билан осмон қадар масофа бор.

#MubashshirAhmad
321 views11:53
Ochish/sharhlash
2023-02-23 19:13:41 Кто не слушает Лаврова, будет слушать Шойгу!

(shu gap bir yil oldin rusparastlarning shiori edi)

Mana shu gap ham o'z kuchini yo'qotib qo'ydi. Chunki ertaga 24-fevral Rossiya Ukrainaga "Maxsus harbiy operatsiya" boshlaganiga 1 yil to'ladi. Dunyodagi eng kuchli armiyadan biri sifatida e'tirof etilgan Rossiya harbiy kuchlari 1 yildirki Ukrainaga tayinli natijalarga erisha olmadi. Aksincha katta zarar ko'rdi. Holat hattoki Rossiya aholisidan armiyaga odam yig'ishga(qisman harbiy safarbarlik)cha bordi.

Har ikki davlat uchun ham endi orqaga yo'l yo'q. Aslida ular o'zlarini shunday tasavvur qilishyapti.
Ertaga Rossiya Ukrainaga bostirib kirganing 1 yilligi munosabati bilan qanaqadir burilish qilishi mumkinmi?
272 views16:13
Ochish/sharhlash
2023-02-21 18:15:02 O'zbekiston Oliy ta'lim rasmiylari uzoq izlanishlardan so'ng "oliy ta'limning o'sishini" ta'minlaydigan yangilik o'ylab topishibdi.
Endilikda talabalar 3 guruhga ajratilarkan :
1.Jinoyatchilikka moyil
2. Yot g'oyalar tasirida tushib qolishi mumkin bo'lgan
3. Tartib qoidalarga bo'ysunmaydigan( darsga kelmasdan ham sessiyani yopa oladigan talabalar ham bormikin 3-toifadagilar ro'yxatida )

Bu mashmashadan maqsad doimgidek talaba qizlarning boshidagi bir parcha lattaga va talaba yigitlarning  yuzidagi tukka osilish deb hisoblayman. Shu latta bilan tuk bularni shunchalik dovdiratib qo'yyaptiki, boshqa yangilik qilolmasdan shunga yopishyaptilar qayta qayta.

Bu masalalar haqida juda ko'p narsa yozgim kelyapti-yu lekin shu paytgacha  bir necha marotaba shu masalalar bo'yicha rektor va dekan kabinetiga kirib chiqqanimni inobatga olib shuningdek MUHTARAM vazirimiz Ibrohim Abdurahmonovning "shoshilinch" topshiriqlarida nazarda tutilganidek endilikda Oliy Talim shanini himoyalab "komentariya" yozish topshirig'i bo'lganligi uchun shu yerda to'xtata qolay.

Shu yozganlarimni esa asosiy qomusimizning manga bergan huquqidan foydalanib yozdim.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
29-modda.
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega.
287 views15:15
Ochish/sharhlash
2023-02-17 17:26:28 Ochig'i Shofirkonga davlat rahbari qachon kelganini eslaydiganlar deyarli qolmagan bo'lsa kerak. Chunki man bilgan ma'lumotlarga ko'ra oxirgi marta Shofirkonga 1974 yoki 1975-yillarda (rahmatli buvimdan eshitgandim eshitgan yilim aniq esimda emas) O'zbekistonSSR rahbari Sharof Rashidov davlat rahbari sifatida tashrif buyurgan. Undan keyingi rahbarlar va hatto mustaqillikdan keyin prezident I.Karimov  ham tashrif buyurmagan. Sh.Mirziyoyev ham 7 yillik rahbarligi davrida birinchi marta kelishi adashmasam.

Boya onam bilan telefonda gaplashdim.
Kechqurun Toshkentdan uyga qaytayotganlarida tumandagi asosiy yo'llarni asvalt qilayotganlarini ko'ribdilar.
"Bechoralar yarim tun soat 12 da shu sovuqda ishlashyapti",- deydilar onam. Yana qo'shimcha qilib "Prezident ham kelar ekan, shu uchun to'k ham o'chmayapti",- dedilar.
Man ayttimki, -Ona siz ularni o'ylamang ular har doim ham bunchalik "zahmat"chekib ishlashmaydi. Chunki prezident har doim ham Shofirkonga kelavermaydi.
Shu uchun ularga achinish kerak emas aksincha "battar bo'l"  deyish kerak. Chunki shu paytgacha qilishga vaqti ham moddiy tomondan imkoniyati ham bo'la turib shu ishlarni  qilishmagan. Siz gazsiz sovuq uyda turganizda ular issiq kabinetga o'tirgan. Bir kecha ming kecha emas  o'lib qolishmaydi,- dedim.

Muhimi "ulugurishganmikan" degan savol ham o'ylantirib qo'yyapti. Axir ular kursisida prezidentni rozi qilish uchun o'tirishibdi, Xalqni roziligi uchun emas,
Ularga prezidentni e'tirofi kerak xalqni duosi emas,
Ular oyligidan kuymasligi kerak, oxiratidan emas.

Rostanam qachongacha  shunaqa ko'zbo'yamachilik qilib yashaymiz. Ba'zi bir mas'ullar vazifasida  turgan ishi bo'yicha avvalo vijdoni oldida javobgarlik hissini qachon anglab yetishadi.
Nimaga shu asvalt qilinishi kerak bo'lgan yo'llar oldinroq qilinmaydi, yoki to'kni ha deb o'chirmasdam xalqqa muntazam uzatish doimiy emas.
Oldin ham aytganimdek nimaga hamma ishga faqat prezident aralashishi shart? Nimaga ko'pchilik muammolar rahbarning aralashuvidan keyin hal bo'ladi?
Nimaga? Nimaga? Nimaga?

P/s.Mana bu rasmga esa kulaverib dumalab tushdim. Qishda quruq yerga ham gul o'stirvoramizeee
269 views14:26
Ochish/sharhlash
2023-02-07 16:57:54 Turkiya va Suriyadagi zilzila oqibatlarini, keltirgan talofotlarini va odamlarning chekayotgan sitamlarini ikki kundan buyon ko'rib turib,  bir narsa yozishga qo'lim bormayotgandi.
Eng avvalo qardoshlarimizga Allohdan sabr tilayman.
Inshaalloh Allohni izni bilan bu sinovdan mardonavor o'tadi har ikki mamlakat ham.
Shu holatda meni jahlimni chiqargan narsa, ijitimoiy tarmoqlarda  xalqimizning ayrim "savodli" qismi har xil gaplar bilan o'zini saviyasini bildirib qo'yyapti.
Nima emish turklar o'zi azaldan yaxshi xalq emas emush
Suriyaliklar esa "jangari" va "terrorchi"!
Shu uchun bu ularga jazo ekan
Biz shunday "begunoh farishtalarmiz", ko'zimizga faqat boshqalarning aybi ko'rinaveradi.
"Saviyamiz" haminqadarligidan har doim birinchi bo'lib shunaqa narsalar keladi xayolimizga.
Bir narsani unutmaylik millatni yoki malum bir hududning yomoni bo'lmaydi balkim odamlarni yomoni bo'ladi.
Mani qilayotgan biron bir yomon  ishim bu o'zbek milllatining yoki yashayotgan hududimning yomon ekanligiga ishora qilmaydi. Balkim bu mani o'zimning yomonligimga dalildir.
Shunday ekan boshqalarni boshiga kelgan kulfatni deb butun boshli xalqni ayblash bu g'irt axmoqlikdir.
O'sha bazilar "yomon deyotgan Turkiya bizdan har tomonlama ustun.
Ham siyosiy, ham harbiy, ham iqtisodiy jihatdan biz ancha orqadamiz o'sha "yomonlardan"

Suriyaliklarni terrorchi deyayotgan chalasavodlar esa u yerda jang qilayotganlarning 1%i ham asli suriyalik emasligini bilishmaydi.
U zaminda urush olib borayotganlar dunyoning turli davlatlaridan borgan turli millatli odamlardir.
Afsuski o'zbeklar ham bor.
Moliyashtirayotgan esa AQSh
Buni tushunmaganlar esa butun boshli Suriya xalqini aybdorga chiqaryapti va ularga har xil malomatlar yog'diryapti.
 
Bu holatda biz ularni qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Bu bizning ham e'tiqodiy ham insoniy burchimiz. Hechda yo'q  halok bo'lganlar, jarohat olganlar va ko'chada qolganlar haqqiga duo qilishimiz kerak.
304 views13:57
Ochish/sharhlash