Get Mystery Box with random crypto!

Agar faqat o'zi gunohlardan pok inson nasihat qilishi mumkin d | MEHR SHAYDOLARI🫀

Agar faqat o'zi gunohlardan pok inson nasihat qilishi mumkin deb o'ylasangiz adashasiz. Unda hech kim hech kimga nasihat qilishi mumkin bo'lmagan bo'lar edi. Chunki hammada ham xato-kamchiliklar bor. Sizga kimdir aybingizni aytganda o'tirvolib uning gunohlarini hisob-kitob qilmang. Shunchaki gapi rostmi, haqmi shunga e'tibor bering. Haq bo'lsa, o'zingizni isloh qiling. O'z aybingizni ham vaqti kelganda mard bo'lib tan olishni o'rganing. Sizga yaxshilikni ravo ko'rib, qilayotgan notoʻgʻri amalingiz haqida ogohlantirgan insonni aybdor qilish bilan, ko'nglini og'ritish bilan siz oqlanib qolmaysiz unutmang. Afsuski oxirgi paytda hamma yuzga gapiradiganlar dushman, orqadan gapiradiganlar do'st deb qabul qilinyapti...


#Aybdor_Ozim | @Mehr_Shaydolari