Get Mystery Box with random crypto!

#Xalqaro_hamkorlik Bugun vazirlikda Rossiya Mehnat va bandli | Kambag’allikni qisqartirish va bandlik

#Xalqaro_hamkorlik

Bugun vazirlikda Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati rahbari Mixail Ivankov bilan uchrashdim. Unda O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari o‘rtasida 2017-yil 5-apreldagi "Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to‘g‘risida"gi bitimni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi faoliyati natijalarini muhokama qildik. Mazkur bitim bo‘yicha Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish tizimini rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha vazifalar kelishib oldik.

Kanalga ulanish
https://t.me/mehnat_vaziri

Facebook I Instagram ITwitter I Telegram