Get Mystery Box with random crypto!

Hammamiz qanday sevganimizni o'ylamasdan sevilishni istaymiz. | Muqtadiy TV

Hammamiz qanday sevganimizni o'ylamasdan sevilishni istaymiz. Holbuki, sevgi fidoyilik demakdir. Olish emas berishdir.
Hali 10 ga to'lmagan bolajonlardan "Sevgi nima ?" deb so'rashibdi. Bolajonlar juda chiroyli tasvirlabdi sevgini:
"Muhabbat - onam dadamga qahva damlaganlarida, ulardan oldin "Ta'mi lazzatli bo'ldimikan ?" deb bir qultum ichib ko'rishlari !"
"Sevgi - terlab, yomon hid kelayotgan erga ham "Siz eng ko'rkam erkaksiz !" deya olishdir"
"Bir kishiga oshiq bo'lganingizda, kipriklaringiz qimirlagani sari ko'zlaringiz yulduzlar misoli chaqnaydi"
"Muhabbat - bir kishi sizni qanchalik ranjitgan bo'lsa-da, uni hafa qilib qo'ymaslik uchun yomon so'zlar aytmaslikdir"
"Muhabbat - qattiq charchaganimizda jilmayishimizga sabab bo'lguvchi his"
"Ismingiz sizga oshiq bo'lgan kishining og'zida boshqacha jaranglaydi. U sizga ismingiz bilan murojaat qilganida, "Naqadar chiroyli ismim bor !" deb o'ylaysiz... !"
Bir bola esa "Muhabbat - sevgan kishingiz o'z idishidagi qovurilgan kartoshkani sizning idishingizga qo'yishi va sizning idishingizdan hech nima olmasligidir", deya ta'riflabdi
.

"Sevmoq shunchalar go'zal bo'lsa
..."

@Muqtadiy_Tv |