Get Mystery Box with random crypto!

#bilasizmi? Shifokor siri hisoblangan ma’lumotlarni fuqaro | "MEDICINA" kanal

#bilasizmi?

Shifokor siri hisoblangan ma’lumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz berishga quyidagi sabablarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi:

● ahvoli og‘irligi sababli o‘z xohish-irodasini bildira olmaydigan fuqaroni tekshirish va davolash maqsadida;

● yuqumli kasalliklar tarqalishi, yalpi zaharlanish va zararlanish xavfi tahdid solganida;

● tergov yoki sud tekshiruvi o‘tkazilishi munosabati bilan surishtiruv va tergov organlarining, prokuratura va sudning so‘rovi bo‘yicha;

● 14 yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsga yordam ko‘rsatilayotganda uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarini xabardor qilish uchun;

● fuqaroning sog‘lig‘iga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar yoki baxtsiz tasodif natijasida zarar yetkazilgan deb gumon qilishga asoslar mavjud bo‘lganida.

Sahifalarimizga a'zo bo'ling:
@MEDICINA_KANAL | Manba