Get Mystery Box with random crypto!

The Shaxsiy

Telegram kanalining logotibi mayli_yozing — The Shaxsiy T
Telegram kanalining logotibi mayli_yozing — The Shaxsiy
Kanal manzili: @mayli_yozing
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.50K
Kanalning ta’rifi

© Mashrabbek Shavkatbekov | The Shaxsiy
Diniy emas shaxsiy kanal!
Ushbu kanalda shaxsiy fikr-mulohazalarimni va kitoblardan va turli sahifalardan o‘qiganlarimni ulashib boraman.
© @shmashrabbek

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-10-06 06:59:19
Madrasa oynalarini oching, tashqariga toza havo chiqsin.

@mayli_yozing
72 viewssʜᴀᴠᴋᴀᴛʙᴇᴋᴏᴠ, 03:59
Ochish/sharhlash
2022-10-05 21:22:05 "U imkonsiz narsalarningda Robbisidir. Sen esa mumkin narsalar uchun yig'lamoqdasan"

@mayli_yozing
131 viewssʜᴀᴠᴋᴀᴛʙᴇᴋᴏᴠ, 18:22
Ochish/sharhlash
2022-10-05 18:35:49 Hayotimizdagi oxirgi kunni yashab tugatgandirmiz balki...
Ho'sh bugun oxiratimiz uchun nimalar qildik?
180 viewssʜᴀᴠᴋᴀᴛʙᴇᴋᴏᴠ, edited  15:35
Ochish/sharhlash
2022-10-05 18:24:18 Umr yoshlikda cheksiz kelajakdek,
qarilikda esa qisqa oʻtmishdek tuyuladi.

Artur Shopengauer

@mayli_yozing
182 viewssʜᴀᴠᴋᴀᴛʙᴇᴋᴏᴠ, edited  15:24
Ochish/sharhlash
2022-10-05 17:15:50 Umr tugab boryapti, ajal yaqin. Men esa Robbimning huzurida hanuzgacha nuqsonga yoʻl qoʻymoqdaman!
Robbim! Sendan shunday tavba soʻraymanki, ortidan gunoh qilmayin!

@mayli_yozing
203 viewssʜᴀᴠᴋᴀᴛʙᴇᴋᴏᴠ, 14:15
Ochish/sharhlash
2022-10-05 02:51:54 Kuch va quvvat faqat Allohdandir. O'zidan o'zga do'st yo'q. Uning O'zi eng yaxshi vakildir. Unga tavakkul qildik. Hayrli oqibatni undan so'radik.
Bismillah.
351 viewssʜᴀᴠᴋᴀᴛʙᴇᴋᴏᴠ, 23:51
Ochish/sharhlash
2022-10-05 02:49:12 Qachon hijob oʻraysiz?


Qachon kiyinish uslubingizni oʻzgartirasiz?
Hali - hamon  - Yoshman, biroz ulgʻaysam kegin oʻrayman! - deysizmi?
Yahshi,  aytingchi menga,   oʻlim uchun yosh muhim -  deb oʻylaysizmi?

Turmushga chiqib, soʻng oʻrayman - deysizmi?
Oʻqishni tugatgach  oʻrarman - deysizmi?

Qachon?!

Yoki,   Robbim,  meni ortga qaytargin. Shoyadki,  tark qilgan narsamda solih amal qilsam  (Moʻminun surasi, 99 -100 - oyatlar) deyayotganingizda,  sizga Yoʻq!  (yuqoridagi oyat davomi) Endi kech!  Deya javob kelganida hijoblanasizmi?

Xudo xayringizni bersin!  Fikringizni oʻzgartirish vaqti kelmadimikin?
Dunyoga toʻgʻri nazar solish vaqti kelmadimikin? Yana nimani kutmoqdasiz?
Gunohi ogʻirligini his etmayabsizmi?
Robbingiz shu holingizda koʻrib turganidan hijolat tortmayabsizmi?

Nega xotirjamsiz?
Nimaga buncha ishonmoqdasiz?
Shayton nima sababli ustingizdan kulmoqda?

Siz gʻayri dinlar bor bir koʻchada ketayotganingizda,  koʻrinishingizdan  siz muslima ekanligingizni qanday biladilar?
Sizni koʻrinishingiz bilan gʻayri dinni koʻrinishida nima farq bor?
Siz chindan ham muslima ekanligingizga koʻrinishingizdagi dalil qani?

Tasavvur qiling!  Agar  siz   shu hijobsiz holingizda   Rosululloh s.a.v ni uchratib qolsangiz,   nima degan boʻlar edingiz  U kishiga?

Javobingiz bormi?

Bunday boʻlishi mumkin emas - deysizmi?

Yaxshi, agar shu kecha oʻlim farishtasi kelsa ham  - Bunday boʻlishi mumkin emas - deysizmi?!

Agar,  oʻlim farishtasi keladigan boʻlsa,  bir lahzadayoq bu dunyodan uzib qoʻyadi.  Hech nima qilishga ulgurmay qolasiz.  Undan soʻng, oʻranib olaman  -  deb oʻylaysizmi?

Yaqinda oʻranaman, lekin hozir tayyor emasman!!  - deyishingiz mumkin.

Aslida  siz  meni yaxshi tanimaysiz ,  mening qalbim pok,  hech kimga ozor bermayman, birovni aldamayman, zulm qilmayman,  namoz ham oʻqib turaman,  Allohni va Rosulini yaxshi koʻraman, muhimi qalb, iymon qalbda boʻladi, Alloh qalblarning Robbisi-ku?!  Dersiz?

Va yana:  “Hijob kiygan bir qancha ayollar yolgʻonchi, ginachi, qalbida gʻilli-gʻashti bor,  aldoqchi,  odamlarga ozor berib, zulm qiladi, hatto namoz ham oʻqimaydi baʼzilari”  deyishingiz mumkin. 

Men aytamanki,  -  Hech bir oʻrinda  Alloh taolo yoki Rasuli  - “Siz ayollarni qalbingiz pok boʻlsa boʻldi. Axloqingiz yaxshi boʻlsa, hijob soqit boʻldi sizlardan” deganini eshitganmisiz, yoki oʻqiganmisiz?

Agar,  siz aytganday  “Qalb pok boʻlishigina”  hijobni tark etishga kifoya qilganda,  Rosulullohning ayollari,  qizlari va sahobiyalar roziyallohu aʼnhunna  hijobni tark etishga haqliroq boʻlgan boʻlar edilar!!

Yoki,  - Ochigʻi haligacha  hijob oʻrashdan qoniqmayman - deysizmi?

Sizni yedirib - ichirayotgan,  omonlikda  saqlayotgan,   sizni yaratib, ulgʻaytirib qoʻygan  Robbingiz  aytadi:

“Hech  bir moʻmin  erkak  va  hech  bir  moʻmina  ayol  uchun  Alloh   va  Uning  Rasuli  biror ishga hukm qilganida,  oʻz ishlarini oʻzicha ixtiyor qilmoq yoʻq.  Kim Allohga  va  Uning  Rasuliga osiy boʻlsa,  batahqiq,   ochiq  adashish-la  adashibdi”

| Ahzob surasi,  36 - oyat |

Gapim oxirida aytamanki,  - Agar hali - hamon oʻz fikringizda qatiʼy turgan boʻlsangiz,  demak,  siz hali oʻlim lahzasi nima ekanini anglab yetmabsiz.  Lekin,  bu gaplarni oʻlim lahzasi kelganda anglab yetasiz.  Unutmang,  oʻlim  hech birimizdan  yiroq emas!!!

Hidoyatga boshlash uchun ulashing
@mayli_yozing
407 viewssʜᴀᴠᴋᴀᴛʙᴇᴋᴏᴠ, 23:49
Ochish/sharhlash
2022-10-04 17:53:17 Til shirin ovqatni tatib, lazzatlangani kabi, quloq ham shirin soʻzni eshitib lazzatlanib, zavqlanadi.

@mayli_yozing
863 viewssʜᴀᴠᴋᴀᴛʙᴇᴋᴏᴠ, 14:53
Ochish/sharhlash
2022-10-04 09:50:44 Gunohning qalbga singib oʻrnashishi xuddi yogʻni kiyimga singib oʻrnashishiga oʻxshaydi. Agar yuvib tashlashga shoshililmasa, u chuqur shimilib, oʻrnashib qoladi.

@mayli_yozing
1.0K viewssʜᴀᴠᴋᴀᴛʙᴇᴋᴏᴠ, 06:50
Ochish/sharhlash
2022-10-04 07:53:54 “Bir gunohning ortidan qilingan gunoh, avvalgi gunohning jazosidur!”

Imom Muzayyin rohimahulloh

@mayli_yozing
1.1K viewssʜᴀᴠᴋᴀᴛʙᴇᴋᴏᴠ, 04:53
Ochish/sharhlash