Get Mystery Box with random crypto!

Assalom aleykum hurmatli ustozlar va kanal a'zolari. Hozirgi | Makhmudov Academy

Assalom aleykum hurmatli ustozlar va kanal a'zolari.

Hozirgi kunda APTIS haqida keraksiz mish-mishlar juda keng tarqalib ketdi. Pedagog sifatida bunday holatlarni uncha targ'ib qilmagan bo'lar edim.

Hozirda siz tarbiya qilayotgan Xalq Bolasi ham bu holatni kuzatib borayapti. Ogoh bo'ling!

"Ikki kishi keraksiz suhbat ustida tortishib qolib, bir-biriga faqat men haqman deb da'vo qilar ekan. O'rtada kuzatib turgan haq esa ikkalasiga hayron qararmish."

Manzilimiz bitta! Unga qanday borish kerakligini doim o'zingiz belgilaysiz. Boshqa adminlarga aytar gapim shuki, kimdir APTIS sertifikatini o'z kuchi va halol bilimi bilan olayabdi. Yetar endi. Hurmat qilishni o'rganaylik. Yosh avlodga siz oynasiz. Va yana siz tarbiya qilib borayapsiz.

Ingliz tili yo'nalishidagi BLOGER yoki KANAL YURITUVCHI ADMIN larga aytar gapim shuki, Post qoldirayapsizmi, uni negativlariga ham, optimistik berilgan fikrlariga ham tayyor turing. Burgaga achchiq qilib, ko'rpani yoqmang. Negativ fikrlarni ko'tara olmaysizmi? Unday bo'lsa post qoldirmang. O'z qarashlaringizni o'zizda qoldiring.

Hurmat bilan Faxriddin Maxmudov