Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin_Rumiy

Telegram kanalining logotibi mavlono_rumiy_jaloliddin — Jaloliddin_Rumiy J
Telegram kanalining logotibi mavlono_rumiy_jaloliddin — Jaloliddin_Rumiy
Kanal manzili: @mavlono_rumiy_jaloliddin
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

Asl ishq kanali! Mavlono Jaloliddin Rumiy va boshqa ishq ahlidan hikmatlar.
Ishq tarannumlarini his eting...

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-06-24 09:25:28 Qurbonlik...

Qurbon hayiti oldidan oʻrtahol oila boshligʻi jonliq olish uchun bozorga bordi. Semiz, chiroyli, koʻnglidagidek qoʻyni sotib oldi. Yonidagi ogʻaynisiga:
- Doʻstim, keling, bu qoʻyni uyimga olib boring! Meni zarur ishlarim bor. Ulgurmay qolaman, - dedi.

Ogʻaynisi qoʻyni olib doʻstining uyi tomon ketdi. Manzilga yetganda doʻstining uyi bilan qoʻshnisini uyi juda oʻxshash boʻlgani uchun adashtirib va Allohning hikmati bilan qoʻshnisini uyiga qoʻyni tashlab ketdi. Xayolidan koʻtarilib, jonliq kimniki ekanligini aytmasdan joʻnab ketdi.

U qoʻyni bergan manzil ahli juda faqir yashashardi.
- Ey Alloh, qaysidir solih kishining qalbiga solibdi - da, bizga ehson qilibdi, - deyishdi.

Qoʻy egasining ayoli qoʻshnilarini koʻrib:
- Tovba, bularning oʻzi bir ahvolda yashashsa, qoʻyga qayerdan pul topishdi ekan, - dedi.

Kech tushdi. Oila boshligʻi ishdan qaytdi. Farzandlari, ayoli uni odatdagiday kutib olishdi. Uyda qurbonlik shukuhi yoʻq edi.

Ayolidan:
- Doʻstim qoʻy olib kelishi kerak edi, bugun sotib olgandim, qani? - deb soʻradi.
Ayoli:
- Ha, aytdim - a-a-a? Qoʻshnilarimiz qoʻy olganlarini koʻrdim, doʻstingiz oʻshalarga tashlab ketibdilar - da! Boring, xoʻjayin, qoʻyimizni keltiring! - dedi.
- Qoʻysang - chi, xotin! Ularning farzandalari rosa suyunishgandir. Men qanday qilib ularning quvonchini tortib olay? - dedi.

Ertasi kuni tong otishi bilan u kishi yana bozorga bordi. Qarasa, bir sotuvchi qoʻylarini joylashtirayotgan ekan.
- Ey Allohim, zora shu kishining birinchi xaridori boʻlay - da, menga arzonroqqa yaxshiroq qoʻy bersa, - deb sekin bora boshladi.

Uni oldiga kelganida bilasizmi sotuvchi nima dedi?
- Yoʻlda kelayotganimda qoʻylarim bilan baxtsiz hodisaga uchradik. Allohga shukur, men ham, jonivorlarim ham omon qoldik. Salomat qolganimizning shukronasiga Alloh uchun birinchi kelgan xaridorga eng yaxshi qoʻyimni bepul berishga nazr qildim. Qani birodar, tanlang! Istaganingizni oling! - dedi.

Haligi kishi:
- Subhanalloh, Allohim, bunchalar Mehribonsan, - dedi.

- Ummu Abdulloh tarjimasi

“Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning yoʻlini ochib qoʻyur. Va unga oʻzi oʻylamagan tarafdan rizq berur”
( Taloq:2-3 oyatlar)


@Mavlono_Rumiy_Jaloliddin
8 views06:25
Ochish/sharhlash
2022-06-24 09:25:28
#Ibrat

«U fursatni boy beribdi, sen esa boy berib qo‘ymagin»

Hasan Basriy hamsuhbatlaridan birini dafn qilib bo‘lgach, qabrning bir chetida turdilar-da, yonlarida turgan bir kishiga o‘girilib:

«Aytgin-chi, agar mana shu odam dunyoga qaytadan kelsa, nima qilgan bo‘lar edi?», dedilar. U:
«Istig‘for aytib, namoz o‘qib, yaxshiliklarni ko‘paytirar edi», dedi.

Shunda Hasan Basriy: «U fursatni boy beribdi, endi sen boy berib qo‘ymagin-a?» dedilar!

"Umrimizning har bir kuni g‘animatdir..."


@Mavlono_Rumiy_Jaloliddin
8 views06:25
Ochish/sharhlash
2022-06-24 09:25:27 Mashoyixlardan biri hikoya qiladi: "Bir kuni shayximga: "Ustoz, ushbu kitobni to‘liq o‘qib chiqdim, lekin xotiramda bu kitobdan hech narsa qolmadi", dedim".
Shunda ustozim bir dona xurmo berib: "Buni chaynab yegin dedi" va birozdan so‘ng menga: "Katta bo‘lib qoldingmi?", dedi.
Men: "Yo‘q", dedim.
Ustozim: "Lekin bu xurmo mayda-mayda bo‘lib, sening jasadingda go‘sht, suyak, pay, teri, soch va tirnoqlarga aylangan", dedi.
Shundan anglab yetdimki, men o‘qiyotgan kitob ham mayda-mayda bo‘lib, o‘zim bilmagan holda mening lug‘at boyligimni oshirar, aqlimni ziyoda qilar, axloqimni sayqallar hamda gapirish uslubimni go‘zal qilar ekan".


"Hikmatlar chashmasi"dan

@Mavlono_Rumiy_Jaloliddin
8 views06:25
Ochish/sharhlash
2022-06-24 09:25:27
Har narsaga siqilma ey ko‘ngil na bu dardlar qolguvchi na bu umr!

Rumiy

@Mavlono_Rumiy_Jaloliddin
8 views06:25
Ochish/sharhlash
2022-06-24 09:23:21
Alloh yordam berishni istasa, bizdan iltijo qilib yolvorish maylini paydo qiladi!

Mavlono Rumiy

@Mavlono_Rumiy_Jaloliddin
10 views06:23
Ochish/sharhlash
2022-06-24 09:21:40 Alloh xayrli qilsin.
Qolgani ikkinchi masala...
Boshladik inshaalloh!..
9 views06:21
Ochish/sharhlash