Get Mystery Box with random crypto!

Bir darvesh suvga tushib ketgan chayonni qutqarmoqchi bo‘ldi. | Mavlono Jaloliddin Rumiy

Bir darvesh suvga tushib ketgan chayonni qutqarmoqchi bo‘ldi.
Qo‘lini uzatgan edi, chayon uning qo‘lini chaqdi.
Darvesh yana qo‘lini uzatdi. U yana chaqdi.
Shunda uni kuzatib turganlar:

"Siz yordam bermoqchi bo‘lgan narsa sizga yomonlik qilib turibdi", deb uni qaytardilar!
Darveshning javobi ma’noli bo‘ldi:

"Uning fitratida chaqishlik bor. Menda esa, maxluqotga nisbatan muhabbat va shafqat... U fitratini o‘zgartirmagani holda, men nechun fitratim taqozo etgan ishdan voz kechay?"


@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz