Get Mystery Box with random crypto!

​​-Sizlar nima uchun o'qiyapsizlar, qizlar? -Men nima uchun o | Mavlono Jaloliddin Rumiy

​​-Sizlar nima uchun o'qiyapsizlar, qizlar?

-Men nima uchun o'qiyapman, aytaymi senga, h-m-m... Men mardikor bo'lmaslik uchun, sal osonroq pul topish uchun, odamday yashash uchun o'qiyapman, boy bo'lish uchun, kuchli bo'lish, gapim o'tishi uchun o'qiyapman. Bir so'z bilan aytganda o'zim uchun!

-Men esa adam uchun. U shuni xohladi, bo'lmasa allaqachon bozorda o'z ishimni gullatib yuborardim. Iqtisodga zig'ircha qiziqmayman. Menga ko'proq ko'cha iqtisodi ma'qul!

-Men katta oylik olish uchun.

-Men esa yaxshiroq erga tegib olish uchun. O'qigan qizlarning sovchisi ko'p, bilasanmi?

Yo'q, hech kim o'sha yetmishvoylardek javob bermasdi:

"Biz shu millat uchun o'qiyapmiz va uning uchun o'lyapmiz!"

"Qo'rqma", Javlon Jovliyev

@Hakimovsblog