Get Mystery Box with random crypto!

Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlaridan soʻrashdi: — Nimaga | Mavlono Jaloliddin Rumiy

Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlaridan soʻrashdi:
— Nimaga qoʻylar doimiy isteʼmol va qurbonlik maqsadida soʻyilishiga qaramay nasli qirilib ketmaydi? Aksincha koʻpaygani koʻpaygan. Vaholanki, qoʻylar yiliga bir yoki ikki marta bittadan, baʼzan ikkitadan tugʻadi. Lekin itlar soʻyilmasa ham, birdan oʻnta bolalasa ham koʻpaymaydi. Qoʻylar kabi suruv boʻlib ketmaydi?
Mavlono javob berdilar:
— Tongga yaqin vaqt eng barakotli vaqtdir. Bu vaqtda qoʻylar hech uxlamaydi. Doim uygʻoq boʻladi. Itlar esa kechasi bilan sangʻib, ayni shu vaqtda uxlab qolib, gʻaflatda boʻladi. Qoʻylar tong barakotidan bahramand boʻlishadi. Itlar esa bu barakotdan bebahra qolishadi. Shuning uchun qoʻylar koʻpaygani koʻpaygan. Bas, rizqingiz keng boʻlishini xohlasangiz, saxarlari bedor boʻling.

Jaloliddin Rumiy

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂

@J_Rumiy_aforizmlari