Get Mystery Box with random crypto!

Dona kabi boʻlsang, seni qushlar terib ketadi. Gʻuncha kabi bo | Mavlono Jaloliddin Rumiy



Dona kabi boʻlsang, seni qushlar terib ketadi.
Gʻuncha kabi boʻlsang, bolalar, ayollar yulib ketadi!

Donani saqla, tamomiyla tuzoq kabi koʻrin.
Gʻunchani yashir, tomda bitgan oʻt kabi boʻl!

Bir fazilating boʻlsa izhor qilma, mohiyatini yashir!
Dona ekansan tuzoq qur, qush yemasin. Gʻuncha ekansan oʻt kabi boʻl, qoʻporishmasin!
Shuhrat ofatdir!

Tanilmaganlar, xalqning tilidan omonda boʻladilar. Shuhrat sohibi boʻlganlar, xalqning koʻziga, xalqning soʻziga, xalqning gʻazabiga, xalqning hasadiga uchraydilar!

Mashhur boʻlgan insonlarning boshiga, meshdan suv toʻkilganidek gʻazablar, hasadlar, turli xil yomon soʻzlar toʻkiladi!
Dushmanlar, uni koʻrolmaganlari uchun yirtib, parchalaydilar!

Doʻstlar esa havoyu-havas bilan umrlarini zoeʼ qilib, oʻtkazadilar!
Bahor vaqti ekin ekishdan gʻofil boʻlgan kishi, bu vaqtning qadrini qayerdan ham bilsin!

— Rumiy