Get Mystery Box with random crypto!

Matematika fanidan milliy sertifikat joriy qilinadi. Sertifika | Mathonline %STAY HOME%

Matematika fanidan milliy sertifikat joriy qilinadi. Sertifikat egalari matematika fanidan test topshirishmaydi.

2021-yil 1-yanvarga qadar Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.

Milliy sertifikatlash tizimi doirasida:

matematikani bilish darajasini baholash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatini berish o‘rnatilgan tartibda Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;

matematikani bilish darajasini baholash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;

imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat OTMga o‘qishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi;

2021-yil 1-sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi;

milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilaridan tashqari) ular faoliyat olib borayotgan davlat ta’lim muassasasining joylashuviga qarab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 25 foizdan 50 foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi.

https://t.me/joinchat/AAAAAFAqkaL2qgwWBgtqTw