Get Mystery Box with random crypto!

Shuhrat aka Ismoilov 1999-2000 yillar Matematika bo‘yicha O‘zb | Matematikauz 🇺🇿

Shuhrat aka Ismoilov 1999-2000 yillar Matematika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi rahbari o‘rinbosari(Deputy Lider) va 2006-2018 yillar esa terma jamoasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Ustoz Trener o‘qituvchilar, iqtidorli o‘quvchi yoshlar bilan doimiy fikr mulohazalar almashib, kelgusi rejalar bilan o‘rtoqlashadigan, yoshlarning yutuqlari va muvaffaqiyatini qo‘llab-quvvatlaydigan, tinimsiz izlanishda bo‘ladigan juda samimiy va ochiq inson edi.

Matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda O‘zbekistonlik yoshlarning ilk medallarga sazovor bo‘lishida va keyinchalik ham juda ko‘plab muvaffaqiyatlarda Ustoz Shuhrat aka Ismoilovning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Ustoz faoliyati davomida Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) terma jamoamiz a’zolari bilan birgalikda 8 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Qolaversa, o‘smirlar o‘rtasida Xalaro matematika musobaqasi(IMC)ning O‘zbekistondagi koordinatori bo‘lib, mazkur olimpiadada ham terma jamoa a’zolari bilan juda katta natijalarga erishgan.

Ustoz ko‘plab darslik va iqtidorli o‘quvchilar uchun qo‘llanmalar, olimpiadalarga tayorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha adabiyotlar va bir nechta maqolalar muallifi.
Faylasuflardan biri aytganidek, Vafotingizdan keyin ham yashamoqchi bo‘lsangiz,
yo o‘qishga arziydigan narsalar yozing, yo yozishga arziydigan hayotni yashang!

Shuhrat Ismoilov har ikkisini ham bajargan olim va ajoyib inson edi.
Oxiratingiz obod bo‘lsin!