Get Mystery Box with random crypto!

MATEMATIKA

Telegram kanalining logotibi matematikaauz — MATEMATIKA M
Telegram kanalining logotibi matematikaauz — MATEMATIKA
Kanal manzili: @matematikaauz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 53
Kanalning ta’rifi

BU KANALDA QIZIQARLI VA FOYDALI KUN SAVOLLARI, 1996-2007-YIL "ABITURIYENTLAR UCHUN MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR TO'PLAMI"NING YECHIMLARI BERIB BORILADI!!!
Murojaat uchun : @Matematika_25_10_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-07-12 07:51:30 Sheʼrning audio variantini ham ilindik
209 viewsIRODA UMIRZOQOVA, 04:51
Ochish/sharhlash
2022-07-12 07:01:59 #sheʼriyat_gulshani

Muhammad Yusuf
Lolaqizgʻaldoq

Mendan nima qolar:
Ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni oʻylayman
Oʻzimdan koʻproq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!

Men ketsam, yomondan
Yiroq bol, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Koʻrkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi boʻlar-u,
Yomon odam yaxshi
Boʻlmas hech qachon…
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!

Uyda yotibman-u,
Sezib turibman,
Koʻkda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yogʻdirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qoʻl qoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!

Ularni men yana
Koʻrarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. Toʻylar boshlandi.
Yuragim pora –
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim…
Demak, taqdir ekan
Toʻy koʻrmay oʻlmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!

Biroq, koʻnglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam toʻladi.
Hali toʻylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng
Baxtli boʻladi!
Kelinlar koʻylagi
Ruhimday oppoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!

Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
Oʻliklar uygoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!

Koʻksim kuyib borar,
Koʻkrak yonmoqda,
Ayting doʻxtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism oʻz ulfati –
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!

Buni hayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun soʻlasan.
Qalbimda-ku, faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
Oʻzing boʻlasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira – bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!

Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
Gʻam kelsa boshingdan
Hushing uchmasin.
Xudodan soʻradim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qoʻlida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!

Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Koʻksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!

Jon soʻnggi boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida
Derdim men boʻlsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda
Seni oʻpib, Oʻshni
Quchoqlab oʻlsam!..
Oʻtinchim – tepamda
Yigʻlama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!
191 viewsIRODA UMIRZOQOVA, 04:01
Ochish/sharhlash
2022-07-09 08:39:26
Iymoning nuridan qalbingiz to’lsin,
Ko’ngil shodligidan ko’zingiz to’lsin.
Shunday qutlug’ kunda ey birodarim
Qurbon hayitingiz muborak bo’lsin.
167 viewsIRODA UMIRZOQOVA, 05:39
Ochish/sharhlash
2022-04-02 03:04:59
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ ВА РОҲМАТУЛЛОҲИ ВА БАРОКАТУҲ

Кириб келган саҳоват, мурувват ва гуноҳлар кечириладиган муборак Рамазон ойида хайрли амалларингиз ҳудди шу дарахт япроқлари каби беҳисоб ажрлар олиб келсин!

Рамазон муборак бўлсин
348 viewsIRODA UMIRZOQOVA, 00:04
Ochish/sharhlash
2022-04-02 03:03:57
Ramazon — mashaqqat, sinovlar oyi,
O‘ttiz qorong‘u kun, o‘ttiz yorug‘ tun.
Tonglar nasib etdi toza havoyu
Bulbulning ovozin saharlik uchun.

Ramazon
325 viewsIRODA UMIRZOQOVA, 00:03
Ochish/sharhlash
2022-03-30 15:14:22 DO'STIMIZNING O'QISH VA ISHLARIGA ULKAN ZAFARLAR TILAYMIZ
299 views𝕄𝕌ℝ𝕆𝔻𝕁𝕆ℕ 𝕌𝕃𝕌𝔾'𝔹𝔼𝕂𝕆𝕍𝕀ℂℍ, 12:14
Ochish/sharhlash
2022-03-30 15:12:18
266 views𝕄𝕌ℝ𝕆𝔻𝕁𝕆ℕ 𝕌𝕃𝕌𝔾'𝔹𝔼𝕂𝕆𝕍𝕀ℂℍ, 12:12
Ochish/sharhlash
2022-03-30 15:12:17 BUGUNGI SAVOLLARIMIZGA KELGAN JAVOB
250 views𝕄𝕌ℝ𝕆𝔻𝕁𝕆ℕ 𝕌𝕃𝕌𝔾'𝔹𝔼𝕂𝕆𝕍𝕀ℂℍ, 12:12
Ochish/sharhlash
2022-03-30 04:21:31 JAVOBLARINGIZNI QUYIDAGI BOTGA JO'NATASIZLAR: @Matematika_25_10_bot
256 views𝕄𝕌ℝ𝕆𝔻𝕁𝕆ℕ 𝕌𝕃𝕌𝔾'𝔹𝔼𝕂𝕆𝕍𝕀ℂℍ, 01:21
Ochish/sharhlash
2022-03-30 04:20:58
QIZIQARLI SAVOL
@matematikaauz
246 views𝕄𝕌ℝ𝕆𝔻𝕁𝕆ℕ 𝕌𝕃𝕌𝔾'𝔹𝔼𝕂𝕆𝕍𝕀ℂℍ, edited  01:20
Ochish/sharhlash