Get Mystery Box with random crypto!

ABITURIYENTLAR!!! Bu yil abituriyentlarning uyidan chiqmagan | INFOTEST | Uyda Qoling

ABITURIYENTLAR!!!

Bu yil abituriyentlarning uyidan chiqmagan holda ro‘yxatdan o‘tishini tashkil etish, test topshiriqlarini soddalashtirish, kirish test sinovlarini sodda shaklda va qisqa vaqt ichida o‘tkazish kabi yengilliklar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Albatta, bu ishlarimiz oliy ta’limning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi lozim.
Joriy yilning 30-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar va tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik, idora, tashkilotlar tomonidan kiritilgan takliflar asosida hamda abituriyentlarni qiynab qo‘ymaslik maqsadida faqat 2020-2021-o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu 2 ta mutaxassislik fanlari 2019-yil dekabr oyida belgilangan tartibda tasdiqlanib, keng jamoatchilikka e’lon qilingan edi.
Alohida ta’kidlash kerakki, infeksiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda abituriyentlarning 1000 o‘rinlik binolarda 3-4 soat qolib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bu bejizga emas, albatta. Shuning uchun ham mazkur o‘quv yilida test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda ko‘pi bilan 700 tagacha o‘rin tayyorlanadi, har bir abituriyent uchun kamida 3 kv.m joy ajratiladi, sanitariya-gigiyena talablariga binoan, ularda niqob, qo‘lqop bilan testda ishtirok etishi ta’minlanadi. Abituriyentning tana harorati o‘lchangach, binoga kiritiladi. Binolar kamida 4 marotaba dezinfeksiya qilinadi. Bularning bari test topshiruvchilar, guruh nazoratchilari va jarayonga jalb etilgan boshqa shaxslarning salomatligini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.
Qayd etilgan ushbu jarayon ham karantin cheklovlari butunlay olib tashlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
Amalga oshiriladigan ishlar va jarayonlar bo‘yicha keng jamoatchilikka ma’lumot berib borilmoqda.
Keyingi o‘quv yilidan boshlab, hamma jarayon belgilangan tartib-qoidalar asosida bo‘lishini takroran eslatib o‘tamiz.
Barcha abituriyentlarimizga talabalik baxti va nashidasini tilaymiz. Kelajakda yuqori bilim va salohiyatga ega, yuksak ma’naviyatli oliy ma’lumotli mutaxassis sifatida vatanimiz xohlayotgan, kutayotgan avlod vakili sifatida butun dunyoda dovruq qozonib yurishidan umid qilib qolamiz.

Manba: DTM

@matematika_infotest