Get Mystery Box with random crypto!

​ Oʻquvchilar tomonidan koʻp berilayotgan savollar va ularning | Matematika TIME

Oʻquvchilar tomonidan koʻp berilayotgan savollar va ularning javoblari.

Savol: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyiga hujjatlarni qabul qilish qachondan boshlanadi?
Javob: Hujjatlarni qabul qilish 20-iyundan boshlanadi va 30-iyungacha davom etadi(sana o'zgarishi mumkun). Hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda litsey.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Savol: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litsey 2022-2023 oʻquv yili uchun qabul rejasi nechta?
Javob: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyiga 2022-2023 oʼquv yili uchun qabul rejasi jami 234 ta (182 ta oʼzbek guruhlarga , 52 ta rus guruhlarga)ni tashkil etadi.

Savol: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyiga hujjat topshirish uchun nima hujjatlar talab etiladi?
Javob: Hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda litsey.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Hujjat topshirishda ushbu saytda maxsus anketa toʻldiriladi va saytga oʻquvchi oʻz rasmni(3x4 oʻlchamli) va boshqa maʼlumotlar yuklaydi.Hujjat topshirish bilan bogʻliq aniq maʼlumotlar qabul kunlariga yaqin sanada litsey.edu.uz saytida joylashtiriladi.

Savol: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyida qanday oʻquv yoʻnalishlari mavjud?
Javob: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akadеmik litseyida faqat bitta 3910002 kodli, matematika va ingliz tili fanlariga ixtisoslashtirilgan aniq fanlar-2 yoʼnalishi mavjud.

Savol: Qabul intihoni nechta bosqichdan iborat va qaysi fanlardan, qay tartibda boʻlib oʻtadi?
Javob: Qabul imtihonlari ikkita bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich imtihoni oʻtkazilish tartibi haqida qabul jarayoni yakunida qadar aniqlik kiritiladi va @TDIU_AL telegram kanalimizda maʼlumot beriladi.
Ikkinchi bosqich imtihoni test shaklida, ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan (matematika, ingliz tili) va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Savol: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyida viloyatlik oʻquvchilar uchun oʻquvchilar yotoqxonasi bormi?
Javob: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyida oʻquvchilar yotoqxona binosi mavjud emas. Viloyatlardan oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilarni Toshkent shahrida yashash joyi masalasi ota-onasi zimmasida.

Savol: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyi qayerda joylashgan?
Javob: Toshkent shahri M.Gʻofurov koʻchasi 183-uy (Google mars ).
Moʻljal: Beshyogʻoch maydoni, Muqumiy teatri, Magic City majmuasi.
Telefon:
+998712452264
+998995143279
Admin @TDIUALadmin
Litsey kanali @TDIU_AL
Matematika @Matematika_EXU