Get Mystery Box with random crypto!

Koʻpchilik soʻrayotgan savolga javob: minimum ball bormi? Ha | Matematika DTM

Koʻpchilik soʻrayotgan savolga javob: minimum ball bormi?

Har yili test sinovlarida minimum ball chegarasi qoʻyiladi. Yaʼni abituriyentlar bilimi orqali nafaqat oʻzgalar bilan, eng avvalo oʻzi bilan ham kurashishi kerak. Agar abituriyent minimum ballni toʻplay olmasa, unda hattoki kvotada joy boʻlsa ham, u talabalikka qabul qilinmaydi.

Joriy yilda ham minimum talab xuddi avvalgi yillardagidek:

Toʻlov-kontrakt uchun — 56,7 ball;
Davlat granti uchun — 68 ball.

Bu nima degani?
Super-kontraktga minimum ballning taʼsiri bormi?
56,7 balldan kam toʻplaganlar endi oʻqishga kira olmaydimi?

Yuqoridagi ovozli xabarda buni tushuntirishga harakat qildim, vaqtingizga rozi boʻlasiz.

P.S.: Joriy yilda 320 ming (35,8%) abituriyent 56,7 ball toʻplashni ham uddalay olmagan. Rostini aytsam, yoshlarimizning minimum balni toʻplay olmasligi bizni xavotirga solishi kerak. Ammo nailoj, qozonda bori choʻmichga chiqadi.

https://t.me/+rixnoJG_lxY3ZDNi