Get Mystery Box with random crypto!

​​Najot Ta'lim markazi grant e'lon qiladi! Najot Ta'lim marka | TJA2017 matbuot xizmati

​​Najot Ta'lim markazi grant e'lon qiladi!

Najot Ta'lim markazi va Yoshlar ishlari agentligi zamonaviy kasblarga qiziqishi bor yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida, UX/UI veb dizayn va grafik dizayn yo'nalishlari bo'yicha grant e'lon qiladi.

Unga koʻra, yurtimizning istalgan hududidan bo'lgan 10 nafar yigit-qizlar uchun UX/UI veb dizayn kursi uchun 5 ta, grafik dizayn kursi uchun 5 ta, jami 10 ta grant ajratiladi. Tanlab olinganlar 6-10 oy davomida Grafik va UX/UI veb dizayn dizayn sohasini real loyihalar bilan birga bepul o'rganadilar.

Loyihada ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, 17-26 yosh oraligʻidagi barcha qatnashish imkoniyatiga ega.

An'anaga muvofiq, saralashning birinchi bosqichida soʻrovnoma toʻldiriladi, keyin esa talabgorlar suhbatdan oʻtkaziladi (suhbat faqatgina oflayn tarzda bo'lib o'tadi). Suhbat bosqichiga talabgorlarning yozgan motivatsion xatlaridan kelib chiqib chaqiriladi.

Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻta olganlar UX/UI veb dizayn va Grafik dizayn yoʻnalishlari boʻyicha grant sohibiga aylanadilar. Darslar oflayn formatda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Siz ham bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Bu loyihada taʼlim olishga loyiq ekanligingizni isbotlang va kelajak sohasi tomon qadam tashlang!

Eslatma tariqasida, bundan bir necha oy oldin Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda SMM Pro kursi uchun 28 ta grant
ajratgan edik. SMM Pro granti bo'yicha g'oliblarga qishki ta'tildan so'ng, darslarni boshlashlari rejalashtirilgan.

UX/UI veb dizayn va grafik dizayn yoʻnalishlaridagi grantlardan birida ishtirok etish uchun quyidagi soʻrovnomani toʻldirishingiz soʻraladi

Ariza to'ldirish uchun havola: http://bit.ly/3hk75c4

Eslatma: grant uchun ro'yxatdan o'tish 2021-yilning 10-yanvar sanasigacha davom etadi.

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

Najot Ta'lim haqida batafsil