Get Mystery Box with random crypto!

30 yoshgacha 1. O'zingni o'zgaritmoqchi bo'lsang - buni 25 yo | Mastermind

30 yoshgacha

1. O'zingni o'zgaritmoqchi bo'lsang - buni 25 yoshgacha qilib ol. Ko'pchilik 25 yoshdan keyin o'zgara olmaydi. Mavjud xislatlari kuchayadi xolos.

2. Biz butun umr kasb uchun tayyorlanamiz (maktab, kollej, universitet, kurslar) lekin turmush qurish haqida juda kam bilamiz. Qanday odam bilan, nima uchun, nega turmush qurishingni oldindan aniqlab ol. Oilaviy nizolarning asosiy sababi - noto'g'ri odam bilan turmush qurishda.

3. Katta oylikka qiziqib duch kelgan ishni tanlab ketaverma. Odam o'z darajasidan past ish bilan 6 oydan ko'p shug'ullansa depressiyaga tushadi. Daromadi kam bo'lsa ham - potensiali yuqori ishlarni tanla.

4. Hayotingdagi eng muhim voqealarning 80%dan ko'prog'i 35 yoshinggacha sodir bo'ladi. Bu vaqtni bekorchilik bilan emas, o'zingni anglash, o'qish, tajriba to'plash bilan o'tkaz.

5. 20+ yosh paytingda butun dunyoning vaqti hali oldinda ekandek tuyuladi. Yo'q. Juda kam vaqting qoldi. 30ga kirganingdan keyin bo'sh vaqting hozirgidan 1,5 barobar, 35da 2 barobar kam bo'ladi.

6. Kasbiy rivojlanishingda yaqin do'stlaringdan ko'ra uzoq tanishlaringni foydasi ko'proq tegadi. Yaqin do'stlaring bilan sen komfortdasan. Rivojlanish uchun turtki yo'q. Uzoq tanishlarga esa o'zingni isbotlashing kerak.

7. Meg Jayning The Defining Decade (Важные годы) kitobini o'qiyotgandim.