Get Mystery Box with random crypto!

Xayrli tun hammaga, bugun ustozim Alisher aka Tojiyev o‘zining | Mastermind

Xayrli tun hammaga, bugun ustozim Alisher aka Tojiyev o‘zining telegram kanalida yuqoridagi postni chop etgan ekan. Bu videoni ko‘ra turib, bir vaqtlar ko‘rgan bir serialning epizodi (Nosedive - Blask Mirror) yodimga tushdi, unda ham shu videoda aytilganidek, har bir insonning o‘z bahosi (reyting) bo‘ladi va ana shu reytinggiga qarab jamiyatdagi xizmatlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi yoki undan mahrum bo‘lishi mumkin bo‘ladi.

Ha bu g‘oya qaysidir maʼnoda ideal jamiyat qurishga yordam berishi mumkindir, ammo mening fikrimcha bu o‘zi navbatida insonlaring o‘zligini yo‘qotishiga olib keladi. Aytmoqchimanki, ular o‘zi xohlaganlaridek emas, boshqalar istaganidek yashashlari kerak bo‘ladi. Bunday holatda esa bizga nisbatan, boshqa bir insonlarning aslida qanday fikrda ekanligini bilib olishimizga to‘sqinlik qiladi.

O‘ylab qoldim, bunday jamiyatda yashash naqadar qiyin bo‘lsa kerak deb. Lekin, bir tarafdan bizning odamlar bunga qisman tayyor ekan, qanday deysizmi?! O‘sha biz eshitgan mashhur "Odamlar nima deydi ?!" bunga javob bo‘ladi.

Haaa, kelajakda bizni juda ajoyib voqea-hodisalar kutmoqda....