Get Mystery Box with random crypto!

Qanday bo'lishingdan qat'iy nazar sen boshqachasan! Jonu jigar | Marvarid_dil

Qanday bo'lishingdan qat'iy nazar sen boshqachasan! Jonu jigarimsan. Aslida sendagi qalb butun olamda yo'q. Yaxshiyam borsan, jinni qilinglaring bilan ham seni yaxshi ko'raveraman. Ko'zlaring otamga, qoshlaring onamga o'xshagani uchundir ehtimol. Har qanday vaziyatda seni xohlaganimcha urusha olganim uchundir ehtimol, senga baqira olganim, arazlay olganim uchundir ehtimol. Men arazlasam "ha apayey sassiq deb burunni kesib tashlab bo'lmaydiku. Endi shunday sal yomonroq ukayizmanda" deyishlaring uchun ham seni yaxshi ko'raman. Allohim seni omon qilsin, jigarim