Get Mystery Box with random crypto!

Juda ko'pchilik afsuski, dieta qilaman ozaman deb taomi tarkib | Marvarid_dil

Juda ko'pchilik afsuski, dieta qilaman ozaman deb taomi tarkibidan yog'ni chiqarib tashlagan. Yog' semirtiradi deb qo'rqadi. Aslida yog'ni to'g'ri qabul qilmaslik, organizmda yog' yetishmovchiligi Yurak xurujiga olib keladi, Vitamin D so'rilmasligiga, Jinsiy gormonlar hosil bo'lishiga juda katta salbiy qiladi. Shu boisdan dieta qilayotganda yog'ni taom tarkibidan sug'urib tashlash kerak emas, to'g'ri yog' tanlovini amalga oshirish kerak. Masalan, to'yingan yog' kislotalari ishtirokida hosil bo'lgan yog'larni emas to'yinmagan yog' kislotalaridan tashkil topgan yog'lardan iste'mol qilish lozim. To'yinmagan yog'larni organizm uchun foydasi ko'p bo'lib ular yallig'lanishni oldini oladi, yurak ritmini yaxshilashda ishtirok etadi, ayrim biogen elementlar va vitaminlarni so'rilishida yordam beradi. Xo'sh savol tug'iladi, qaysi yog'lar kiradi to'yinmagan yog'larga?
Bularga: zaytun, avokado, bodom, baliq kabi mahsulotlarni yog'larini kiritamiz. Ayrim toza olingan pista yog'lari ham kiradi.