Get Mystery Box with random crypto!

Ayam osh qilsalar dadamni oshqozonlariga og'ir botmasin deb, g | Marvarid_dil

Ayam osh qilsalar dadamni oshqozonlariga og'ir botmasin deb, go'shtni chopqida chopib kotlet qilib oshga soladilar. Uyda quyuq ovqat qilgan kunlari erinmasdan dadam uchun yana boshqa qozon osadilar. Shurvacha qilib qo'yadila. Dadamni oshqozonlari og'rimasligi uchun. 30 yil... 30 yil davomida biror marta bir biriga qattiq gapirganlarini, qovoq uyganlarini ko'rmaganman. Dadamning ko'zlaridan nimani xohlayotganlarini biladilar. Bir safar dadam Toshkentga kelib rosa sanatoriyalar izlagandilar. "Onang dam olsin" deb. Ammo ayam dadamsiz sanatoriyada da'volanmaydilar. Shu sabab ikkalalari ham bir birlarini ayab Qarshidagi o'zimizni sohilda dam olib qo'ya qolishadi. Uyam necha yilda bir... Ularni sochlari mehnatda, halollikda, mehrda, muhabbatda oqardi. Mana shi sevgi. Ular doim menga ibratlar. Muhabbatning eng go'zal siymosi ular. Baxtning eng faraxbaxsh nuqtasi ular.
Allohim, uzooq yillar ota onam qalbimizni, uyimizni, bag'rimizni to'ldirib yursinlar.