Get Mystery Box with random crypto!

Men uchun nomus masalasi hamma narsadan ustundir! Sharafim va | Marvarid_dil

Men uchun nomus masalasi hamma narsadan ustundir! Sharafim va mahramlarimning sharafi uchun eng qatiyatli, eng toqatli, kamida Xolid ibn Validdek kuchli bo'la olaman. Ularni yomonlashsa kipriklarim ila himoya qilaman. Ularga dunyoda ishonadigan hech bir inson qolmasa ham mening ularga bo'lgan ishonchimga zarra miqdorda ziyon yetmaydi! Chunki, men Robbimga ishonaman. Bandalarning tuxmatlariga ishonib qalqonsiz qoldiradigan zaif emasman. Alhamdulillah. Mana shu jasoratni bergani uchun. Uyat va hayoni go'zal qilib bergani uchun, vafo va sadoqatni tirik timsoli qilgani uchun. Zarra maqtanish emas. Erka ammo vafosi erkaligidan ustun Qalbim uchun shukr. Hadsiz ishonch uchun shukr.