Get Mystery Box with random crypto!

'Remontga 10.000 so'mdan pul olib kellaring' ...deyotganlar | Maʼrufxoʻja | Blog

"Remontga 10.000 so'mdan pul olib kellaring"

...deyotganlar ham chiqayabdi mamlakatimizda. Bu yig'imga qonunda taqiq bor ekanligini shu kunga qadar bilmagan ekanman.Boyagina "Renessans tv - Ren news" da bildim.Intervyuda Xalq ta'limi vazirligi boshqarmasi o'rinbosari shunday degan: "Ota-onalardan pul undirish maktab ma'muriyati tomonidan taqiqlangan". Shunday bo'lsada,ayrim erkatoy hududlarda qonunga bepisandlik bilan pul yig'ilayotgan emish.Pul bermagan o'quvchilarni (hatto sinf sardori bo'lsa ham) o'rnidan turg'azib,sharmanda qilayotgan ekan.Shu o'rinda savol(lar) tug'iladi. Maktab ta'miri uchun davlat tomonidan ajratilgan byudjet kammi,ta'mirga yetarli emasmi?

Maktab ma'muriyati (remont uchun) yig'ilgan pullarni qayerga sarflaydi?

Bu (majburiy pul yig'ish) eski tizim, eski O'zbekiston unsuri emasmi?
Yangi O'zbekistonda yashayabmizmi o'zi?


Sahifamizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Facebook