Get Mystery Box with random crypto!

Marketing

Telegram kanalining logotibi marketingdagap — Marketing M
Telegram kanalining logotibi marketingdagap — Marketing
Kanal manzili: @marketingdagap
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 102
Kanalning ta’rifi

Marketing
SMM
AyTi
Shaxsiy rivojlanish
Murojaat uchun: @Marketing_adminbot

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-26 09:12:17
MAXFIY SIR

Juda muvaffaqiyatli va boy insonlarni qiynalgan va singan odamlardan faqat bitta holat ajratib turadi. Qiynalgan biznes egalari pulni tejash uchun vaqtini sarflaydi, muvaffaqiyatli biznes egalari esa vaqtni tejash uchun pul sarflaydi. Nega bu shunchalik katta farqni keltirib chiqaradi? Chunki siz doimo koʻproq pul topishingiz mumkin, lekin hech qachon koʻproq vaqt topa olmaysiz. Shuning uchun sarflayotgan vaqtingiz katta natija olib kelishiga ishonchingiz komil boʻlsin.

Bu natija uchun sarflangan investitsiya deyiladi va boylar qattiq qoʻriqlaydigan sir hisoblanadi. Mana shu kuchli ta’sir qiladigan, natija uchun sarflangan investitsiya 80/20 qonunining 20 foizi va 64/4 qonunining 4 foizini tashkil qiladi. Agar muvaffaqiyatli boʻlishni xohlasangiz, siz natija olib kelayotgan ishlaringizga ko'proq e’tibor qaratishingiz va ularning diapazonini kengaytirish haqida oʻylashingiz kerak.

Allan Dib

@MarketingdaGap
301 viewsedited  06:12
Ochish/sharhlash
2023-01-25 17:23:37
#Sotsiologiya

Odamlarni o‘z fikringizga ishontirishning 5 ta qoidasi.

1-qoida: Suhbatdoshingizning fikriga hurmat ko‘rsating. Hech qachon uning nohaqligi haqida og‘iz ochmang.

2-qoida: Agar siz nohaq bo‘lsangiz, buni tezda va qatʼiyatlilik bilan tan oling.

3-qoida: Gapni do‘stona ohangda boshlang!

4-qoida: Muammoga suhbatdoshingiz nuqtai-nazari bilan qarashga harakat qiling.

5-qoida: Suhbatdoshingizni sizga “ha” deb javob berishiga erishing.

P.S: Batafsil maʼlumotni Deyl Karnegining "Qanday qilib ko‘proq do‘stga ega bo‘lish va odamlarda yaxshi taassurot qoldirish mumkin?" kitobidan topishingiz mumkin.

Siz yana qanaqa usullarni bilasiz izohlarda yozib qoldiring.

@MarketingdaGap
219 viewsedited  14:23
Ochish/sharhlash
2023-01-24 17:11:35 Google'ga muqobil qidiruv tizimi paydo bo'ldi You.com

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim
307 viewsedited  14:11
Ochish/sharhlash
2023-01-24 16:36:36 #Sotsiologiya

1-qism

Muzokaradagi 6 qoida

1-qoida: Boshqa odamlar bilan chin dildan qiziqing.

2-qoida: Tabassum qiling

3-qoida: Shuni yodingizda tutinki, o'z ismini eshitish qanday tilda bo'lishidan qat'iy nazar, uning sohibi uchun eng yoqimli tovushdir.

4-qoida: Yaxshi tinglovchi bo'ling. Boshqalarni ko'proq o'zlari haqida gapirishlariga undang.

5-qoida: Suhbatdoshingiz bilan u qiziqqan mavzuda gaplashing.

6-qoida: Suhbatdoshingizga qoyil qolganingizni chin dildan e'tirof eting.

Deyl Karnegi

@MarketingdaGap
330 viewsedited  13:36
Ochish/sharhlash
2023-01-23 16:40:51 ​Shahsan men qaymoqqa botirilgan yertutni juda yaxshi ko'raman. Ammo qandaydir g'alati sababga ko'ra baliq chuvalchangni yaxshi ko'rishini sezib qoldim. Shuning uchun men baliq oviga ketayotganimda, o'zim xohlaydigan narsa haqida o'ylamayman. Men baliq nimani xohlashi haqida o'ylayman. Men qarmoqqa xo'rak sifatida qaymoqqa botirilgan yertutni joylashtirmayman, balki baliqni chuvalchang yoki chigirtka orqali ovlayman.

Deyl Karnegi

P.S: Gap nima haqida ketayotgani tushundingiz deb o'ylayman

@MarketingdaGap
278 viewsedited  13:40
Ochish/sharhlash
2023-01-12 19:25:42 #marketing

Agar sizdan shahringiz aholisi uchun qandaydir tadbir tashkillashtirilishi so'ralsa va siz shahar aholisi xohish-istaklarini o'rganib chiqsangiz bu – Tadqiqot.

Sirk tadbirini o'tkazishga qaror qilsangiz va "Shanba kuni ko'rgazmalar maydonida sirk bo'lib o'tadi", deb e'lon bersangiz, bu – Reklama.

Agar siz katta filning orqasiga o'sha yozuvni yopishtirib butun shahar bo'ylab aylantirib yursangiz, bu – Targ'ibot.

Agar fil shahar hokimining gulbog'dan o'tib bog'ni payhon qilsa va bu haqida mahalliy nashrlar yozib chiqsa bu – Ommalashtirish.

Agar hokim bu jarayonni bilib qolib, hazilga olib ketsa yoki boshqacha munosabat bildirsa, bu – jamoatchilik bilan aloqa ya'ni PR.

Agar shahar aholisi sirkka borsa, siz ularga ko'ngilochar ko'chma do'konlarni ko'rsatsangiz, ular shu do'konchalarda pul sarflab vaqtini juda maroqli o'tkazishi mumkinligini tushuntirsangiz, savollariga javob bersangiz va oxir-oqibat, ular sirkda juda ko'p pul sarflasa, bu – Sotuv.

Agar yuqoridagilarning barchasini rejalashtirsangiz, bu – Marketing.

@MarketingdaGap
303 viewsedited  16:25
Ochish/sharhlash
2022-12-27 19:06:40 ​​Nisbiylik nazariyasi

Eynshteynning o'zi nisbiylik nazariyasini juda oddiy misollar yordamida tushuntirgan: "agar siz bir soat vaqtni chiroyli qiz bilan o'tkazsangiz, bu o'zingizga xuddi bir daqiqa o'tgandek tuyuladi. Ammo qizib turgan plita ustida bor yo'g'i bir daqiqa o'tirsangiz, sizga bir soatday tuyuladi. Mana shu nisbiylik nazariyasining o'zidir!

Deyl Karnegi kitobidan

@MarketingdaGap
571 viewsedited  16:06
Ochish/sharhlash
2022-12-26 17:58:01
Savdo jarayonida hissiyot 70 foiz, mantiq 30 foiz rol o'ynaydi.

Odamlar hissiyotlar asosida qaror qabul qiladilar, lekin keyin qaroriga mantiqiy asos qidiradilar.

@MarketingdaGap
293 viewsedited  14:58
Ochish/sharhlash
2022-12-23 06:51:24
"Brend shunday narsaki, yo'lning narigi tarafidagi mijoz uzi turgan joyda xuddi shunday mahsulotning muqobili bulsa ham, sizdan sotib olish uchun yo'lni kesib o'tadi.

Umaman olganda, yo'lni kesib o'tishga majbur qilgan kuch bu brend.

@MarketingdaGap
274 viewsedited  03:51
Ochish/sharhlash
2022-12-21 14:28:04
Sarafan marketing

Odamlar do'stlari bilan gaplashganda mavzu bo'luvchi suhbatlar bugungi kunda sarafan marketing deb ataladi.

@MarketingdaGap
261 viewsedited  11:28
Ochish/sharhlash