Get Mystery Box with random crypto!

#Vatan_dostlik_va_baxtli_bolalik_uchun #Bizda_imkoniyat_cheksi | Marg'ilon sardorlari /Лидеры Маргилана /Leaders of Margilan | Rasmiy kanal

#Vatan_dostlik_va_baxtli_bolalik_uchun
#Bizda_imkoniyat_cheksiz
#Marģilon_shahar_sardorlari

Joriy yilning 5-dekabr sanasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyat sardorlar Kengashi Marg'ilon shahridagi 1-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi, tashrif davomida Marg'ilon shahar sardorlari hamda mehribonlik uyi sardorlari va faol yoshlari bilan ochiq davra suhbati o'tkazishdi va ularning taklif va loyihalarini tinglashdi. Yoshlar kayfiyatini ko'tarish maqsadida viloyat sardorlari tomonidan ajoyib konsert dasturi o'tkazildi. Interaktiv o'yinlar va ajoyib chiqishlar yoshlar kayfiyatini ancha ko'tardi. Sardorlar dasturni "Vatan do'stlik va baxtli bolalik uchun" shiori ostida yakunlashdi.

Bizni kuzatishda davom eting.
@Margilonyoshlarii