Get Mystery Box with random crypto!

Maqsad Obidjon ijodi

Telegram kanalining logotibi maqsadobidjon — Maqsad Obidjon ijodi M
Telegram kanalining logotibi maqsadobidjon — Maqsad Obidjon ijodi
Kanal manzili: @maqsadobidjon
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 180
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda biz òz ijod na'munalarimizni siz azizlar bilan òrtoqlashib boramiz!

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-31 01:42:33
Oq libosing kiygan kuni
Ich- ichimdan kuygan kuni...
337 views22:42
Ochish/sharhlash
2022-05-28 20:41:13
Kamoliddin Hoshimov
Maqsad Obidjon

Dengiz...

Ba'zida hech narsa kònglimga siģmas,
Uzoq- uzoqlarga ketgim keladi.
Odatiy hayotning izmidan chiqmas,
Yerlarni lahza tark etgim keladi.

Otlangim keladi dengizga tomon,
(Gòyo yuragimdan kòra yaqinroq)
Men soģingan tòlqin kòrmay hech qachon...
Tutqinlik chiziģin chizmagan qirģoq...

Quyosh bòlib sharqdan kòtarsaydim bosh,
Nur bòlib o'zimni dengizga otsam.
Quyosh bòlib qolsam, qip- qizil quyosh!
Dengizdan chiqib sòng dengizga botsam.

Qush bòlib uchsam-u, qanotlarimda,
Erk rasmini chizsam suvning sathiga.
Uchrashib qolsam-u parilar bilan,
She'r bitsam bir gòzal pari madhiga.

Hech yòqsa, sohilni etsaydim makon,
Sohil, shaffofliging kòngil talabi!
Kònglimdan gardlarim yuvsayding shu on,
Baģringdan qumlarni yuvganing kabi.

Maqsad Obidjon

Fikrlar kommentga
290 views17:41
Ochish/sharhlash
2022-05-26 18:55:33 Qòshiq uchun she'r yozdik, shunday qòshiq qilsak nima deysiz, azizlar?
Naushnikda eshitishni tavsiya qilaman.
Fikrlaringiz muhim biz uchun!

Indamasdan kettingmi yor,
Bilmadim ne gunohim bor,
Sensizlika sònggi qaror,
Ishqqa kafan bichganman men.
Muhabbatdan kechganman men.

Suratimni sizlasang ham,
Hijronlarda muzlasang ham,
Topolmaysan izlasang ham,
Hayotingdan òchganman men.
Muhabbatdan kechganman men.

Sen meni tar etganingda,
Yot yor bilan ketganingda,
Orzularga yetganingda,
Armonlarni quchganman men!
Muhabbatdan kechganman men!

Oq libosing kiygan kuni
Ich-ichimdan kuygan kuni
Dunyolardan tòygan kuni
Tòldirib may ichganman men!
Muhabbatdan kechganman men!
285 viewsedited  15:55
Ochish/sharhlash
2022-05-25 22:02:56
Farg'onaliklar, qanisilarree
278 views19:02
Ochish/sharhlash
2022-05-25 00:43:22
Bandi oy baxtlidir qora osmonda,
Ana, yog'dusiga qarab qòy, suluv!
Baxtimni kòryapman eng zimistomda,
Meni qorachug'laringga qamab qòy, suluv...!


Maqsad Obidjon
264 views21:43
Ochish/sharhlash
2022-05-24 13:13:12
#na_sher_na_ģazal

Qora xalqning òrni poygak, amali bor tòrda ekan,
Tuya dumi yerga tegmas, tenglik faqat gòrda ekan.

Kambag'alning kami kòpdir, boyvuchchaning g'ami yo'qdir.
Zayli zamon bilmi emas, aqchalari zòrda ekan.

"Katta"ni boqar "kichiklar", podani talar kuchuklar.
Xòja yesa butun-butun, a'vom haqqi burda ekan.

Amaldor ayb qilsa - uzr, oddiy odam qonun buzur,
Adolatning nomi tirik, aslidachi murda ekan!

Maqsad Obidjon
24.05.2022 01:36
1.3K views10:13
Ochish/sharhlash
2022-05-19 01:12:24 Ukamiz Mirjalol Tojimatovdan jonli ijroda qòshiq

P/s: audio ziyofatda òtirganimizda yozib olingani uchun sifati a'lo emas, lekin ijro bomba!

Mirjalol Tojimatovga omad! Ijodiz gullayversin ukam
306 viewsedited  22:12
Ochish/sharhlash
2022-05-15 23:19:09
#yangi_repost

Xayoldan o'zimni tiymayman...

Xayoldan o'zimni tiymayman,
Yumushlar yoqmaydi unchalik.
Rost aytsam, kunduzni suymayman,
O'yida "seni" bor tunchalik.

Yoqmaydi turli xil davralar,
Ko'nglimga halovat topmayman.
Yolg'izlik istayman, aslida,
"Seni" yo'q yerlarga chopmayman.

Suhbatga chorlaydi keksa, yosh,
Baribir, tushunmas, dil yorsam,
She'rlarim- eng yaxshi suhbatdosh,
Negaki, ularda sen borsan!

Men shunday yashayman, yagonam,
Muhabbat hamon òz kuchida.
Balki-da, bordirman sening ham,
Xotiring qaysidir burchida.

Maqsad Obidjon
352 views20:19
Ochish/sharhlash
2022-05-11 14:34:06
She'r sòrab qolishuvdi, bir òqib berdik-da auditoriyada
373 viewsedited  11:34
Ochish/sharhlash