Get Mystery Box with random crypto!

Meros Ota farzandini yoniga olib, Kòrsatib qòshnisi qurgan uy | Maqsad Obidjon ijodi

Meros

Ota farzandini yoniga olib,
Kòrsatib qòshnisi qurgan uyini.
Dedi: biz bundan-da kòrkam uy solib,
Balandroq qilamiz chandon bòyini.

Dilbandin jonidan suyar edi u,
Ishladi uy qurdi òg'liga atab.
Unga mendan meros qolsin dedi-yu,
Unutdi ògliga bermoqni adab.

Yillar òtib ota taslim qildi jon,
Òģli farzandiga aytar tòkib yosh:
Bobong dunyodagi eng yaxshi inson,
Unga deb quramiz kòrkam qabrtosh.

Òģil qabr qurdi otaga atab,
Òzi istagandek, balki-da shinam.
Ammo bir bor yòqlab kelmadi, sabab:
Òģliga imorat qurardi u ham.

Maqsad Obidjon

P/s.: Bir paytlar kanallarda rosa aylangandi