Get Mystery Box with random crypto!

Ayni vaqtda, deyarli barcha koreys tilidan imtihon topshirish | Maqolaviy

Ayni vaqtda, deyarli barcha koreys tilidan imtihon topshirish uchun registratsiya qilayotganlar topiktashkec.uz websaytida bo'layotgan muammoga guvoh bo'lib turishibti (men ham).

Sababi shundaki, websayt - foydalanuvchilari sonini chegaralab qo'ygan server hizmatidan foidalanadi. Qachonki bir websaytga haddan tashqari ko'p foydalanuvchi bir vaqtning o'zida baravariga so'rovlar/buyruqlar yuborishni boshlasa, websayt hizmat ko'rsatishni to'xtatadi (websaytga tashrif buyurgan foidalanuvchilar soni yana meyyoriga qaytgunicha). Bu degani websaytga kirsangiz 500 Internal Server Error degan hatolik chiqib qoladi.

Albatta bu achinarli holat. Ayniqsa koreys tilini uzoq vaqtdan beri o'rganib, imtihonga ro'yxatdan o'tish sanasi kelganida server hatoligi bilan ro'yxatdan o'tolmay qolib ketganlar uchun.

@maqolaviy