Oʻqishga kirishda 41 ta imtiyoz bor Davlat qabul komissiyas | Maqolalar tezislar
Oʻqishga kirishda 41 ta imtiyoz bor
Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REESTRI” tasdiqlandi.
Reestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:
1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta); 2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta); 3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta); 4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta); 5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta); 6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).
Shuningdek, reestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.
📚Kanalda siz maqola yozish uchun eng kerakli bo'lgan kitoblar topishingiz mumkin. 📰Bizning kanalda siz maqola va tezis yozish uchun konferensiyalar bilan tanishib borasiz. 📃 Maqolalar yozib b...