Get Mystery Box with random crypto!

#mutolaa Ehtimol, raqibim mening uyim atrofidan shunchaki o | Oddiy fikrlar

#mutolaa



Ehtimol, raqibim mening uyim atrofidan shunchaki oʻtib ketadiganlar toifasidandir va har safar huddi men kabi eshikning xavfsizligi va ularning hujumini kutayotganimni tekshirayotgan vaqt ichkarida hech kim yoʻqligi va soddalarcha butalar orasiga yashirinib olganligimni bilib ,indamay oʻtib ketar. Keyin kuzatuv joyimni asta tark etaman, men erkinlikdagi hayotdan toʻyib ketdim, bu yerda na hozir va na keyin biror nima oʻrganish mumkin edi. Va atrofimdagi barcha narsa bilan hayrlashishni , yana yer ostiga kirib ketib, u yerdan ortiq hech qachon qaytib chiqmaslikni ; voqelarni oʻz izmiga qoʻyib berishni va allaqanday kuzatuvlarim bilan ularning roʻyobini kechiktirmaslikni istayman. Biroq uzoq vaqt davomida roʻy bergan barcha holatlarni kuzatganim menga endi yer ostiga tushish bilan bogʻliq jarayonni amalga oshirishda azob uqubat berardi. Chunki endi oʻzimga ham tepamda , kirish eshigining ustida nimalar roʻy berayotganini bilmaslik ogʻir edi. Shuning uchun men toʻxtashga va pastga tushmaslikka qaror qildim.


Frans Kafka. "Labirint"