Get Mystery Box with random crypto!

Oliy maqsad Odamlarni marsga uchiramiz, elektrokarlar orqali | Oddiy fikrlar

Oliy maqsad

Odamlarni marsga uchiramiz, elektrokarlar orqali tabiatni asrab qolamiz deb aytadi bir xil kompaniyalar.

Qilayotgan ishingda oliy maqsad bo’lsa, ertalab uyg’onishing osonlashadi, hech qachon charchamaysan deydi biznes kitoblar.

Korxonangizni oliy maqsadi bo’lmasa xodimlar faqat pul uchun ishlaydi, siz ham biznesingizdan rohat olmaysiz deydi biznes trenerlar.

Real hayotga qarasak faqatgina 5% odamlarda to’g’ridan to’g’ri puldan tashqari oliy maqsad bor. Ba’zi shifokor, o’qituvchi, askar, tadbirkorlar misol uchun.

Bizneslarning ham atigi 3%i missiya topa olishi mumkin. Maktab, kasalxona, kitob do’koni, o’quv markaz….

Qolganlar oliy maqsadini qanday o’ylab topishini na kitoblar, na trenerlar aytadi negadur. Misol uchun eshik sotuvchi yoki kopirayterga maqsadni kim topib beradi?

Aslida oliy maqsadni o’ylab yurish, yo’qligidan siqilish, ishini almashtirish shart emas. Qilayotgan ishimiz orqali oilamizni ta’minlashimiz ham eng oliy maqsad aslida. Qolgani faqat bonus.

Keyingi safar ishingdagi oliy maqsadni so’rashsa:

Odamlarga xizmat qilish va oilamni halol ta’minlash deb qo’rqmasdan javob beraver.

Shuni o’zi sen uchun butun umrlik maqsad bo’lishiga yetadi.

@azizrakhimov_blog