Get Mystery Box with random crypto!

Bayramingiz muborak bo’lsin, hayotimizning mazmuni bo’lgan meh | Oddiy fikrlar

Bayramingiz muborak bo’lsin, hayotimizning mazmuni bo’lgan mehribon onajonlar va aziz opa-singillar. Yuzingizdan tabassum arimasin, qadringiz doim osmondek yuksak bo’lsin.

Ayollar bir qarashda nafis va nozik bir guldek, ammo ba'zan guvohi bo'lamizki, ayol sabri, irodasi temirdan ham qattiq. Ba'zan erkaklarda topa olmaysiz bunday irodani.

Maqtash emas, falsafaga berilish emas, bor gapni boricha tan olaylik - agar ayollarni yetarlicha seva olsak, ularga mehr bera olsak, zulm o'tkazmasak - ular "gender tenglik" talab qilmagan bo'lar edi balki.

Ayolni(onani, opani, singlimizni yoki yorni) tabriklash uchun biror maxsus kun shart emas aslida.
Faqat bugun emas har kun sizning bayramingiz.

Barcha xotin-qizlarni ushbu bayram bilan tabriklayman! Hayotimizda doimo shunday nafislik va go'zallik ulashguvchi bo'lib qolinglar. Boringizga shukr!

Teligram | Instagram