Get Mystery Box with random crypto!

Sizga shubha qilishadi Hozir samolyotdaman, Norvegiya shimoli | Oddiy fikrlar

Sizga shubha qilishadi

Hozir samolyotdaman, Norvegiya shimolida joylashgan Trondheim shahriga ketyappan. U yerda optometristlarga kurs o’tib berishga taklif etishgan.



2008-yil edi, 5-kurs edim, men chet elda o’qish orzusida turli rejalar qilib yurar edim. Karolinska institutiga topshirishga tayyorlanayotgan edim.

Karolinska Yevropadagi eng yaxshi optometristlar tayyorlaydigan institutlardan biri hisoblanadi. (Optometrist bu ko’z kasalliklari bilan ishlaydigan, asosan ko’zoynak va kontakt linzaga ixtisoslashgan, litsenziyalangan mutaxassis. Uzbda bu soha mavjud emas)

Shunda bir chet elda o’qib qaytgan tanishimga men Karolinskaga o’qishga borsam, boshqa sohada o’qisam ham shu optometristlarga o’tiradigan ma’ruzalarda qatnashaman, iloji bo’lsa bemorlar qabulida ham ishtirok etaman deganimda, aniq esimda bor, «sizni kirgizishmaydi unday joylarga» degan edi tanishim.


Hozir ana o’sha Karolinksa, Norvegiya, Yevropa boshqa universitetlarni tamomlagan optometristlarga kurs o’tib berishga taklif etishmoqda.

2023-yil davomida 300+ mutaxassisga kurs o’tippan.



Sizga shubha bilan qarashadi. Aslida u shubha sizga nisbatan emas, o’zlariga nisbatan bo’ladi. Boshqalar maslahatida ular qo’rquvi yashiringan bo’lishini yoddan chiqarmaslik kerak.



Yana bir qiziq fakt. Men o’tgan yili O’zbekistonga borganimda oftalmologlar uchun Toshkentda va Andijonda 3 kun kurs o’tgandim. Keyin kursni online sotish taklifi bo’ldi. Reja qildik, 50 million so’m pul topishni maqsad qildik. Keyin u fikrdan qaytdim va kurs materiallarini o’zbek tilida YouTubega tekinga joyladim. Online kurs qilib pul topmadik.

Hozir 2 soatdan keyin o’sha Uzbdagi kurs materiallaridan foydalanib dars o’taman. Tashkilotchi samolyot biletlari, taxi, hotel, ovqat kabi harajatlarni qoplaydi. Vaqtim va bilimim uchun menga haq to’laydi. 50m haqida o’ylashga ehtiyoj yo’q

Samolyot qo’ndi, hotelga yo’l olaman endi.

Hammaga salomatlik tilab…

Bek Olimjon
27.02.23
Trondheim