Get Mystery Box with random crypto!

Muloyim bo‘lsang, latta ekan deyuvchilar topiladi. Qattiqqo‘l | MANOLI VIDEOLAR

Muloyim bo‘lsang, latta ekan deyuvchilar topiladi. Qattiqqo‘l bo‘lsang, bemehr, bag‘ritoshga chiqarishadi. Ilmdan gapirsang amal ham qilish kerak deyishadi. Amal qilsang oldin yaxshilab o‘rgan deyishadi.

Bidʼatlarni tark qilsang vahobiyga, zikrlarni ko‘paytirsang so‘fiyga chiqarishadi. Maqtasang maddox bo‘lasan, tanqid qilsang ichi qoraga aylanasan.

Xaqni gapirsang o‘rnimas deyishadi, Indamasang qo‘rqoqqa chiqarishadi. Boy bo‘lsang xaromdan topgan, kambag‘al bo‘lsang dangasa bo‘lasan.

Odamlar shunday birodar. Ular baribir gapirishadi. Ular baribir tinch qo‘yishmaydi. Ular baribir rozi bo‘lishmaydi. Sen ularga ko‘p xam ahamiyat berma! Sen seni Yaratganni rozi qilishga urin! Senga haqiqiy baxoni U qo‘yadi.

@eonia13 - balki foydasi tegar...